5-modda. Aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy qoidalari
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
Aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:
aholini ish bilan taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi;
mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqini amalga oshirishda barcha odamlarga jinsi, dinga munosabati, yoshi, siyosiy eʼtiqodi, millati, til bilishi, ijtimoiy va oilaviy ahvolidan qatʼi nazar teng imkoniyatlarini taʼminlash;
fuqarolarning mehnat tashabbusini qoʻllab-quvvatlash, mehnatkashlarga ish bilan band boʻlish, mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni taʼminlaydigan serunum va ijodiy mehnat qilish qobiliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda uni ragʻbatlantirish;
mehnatning ixtiyoriyligi;
ish bilan taʼminlash sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan muhofaza qilishni taʼminlash;
barqaror ish qidirib alohida qiyinchilikka duch kelayotgan odamlarni ish bilan taʼminlashda yordam beruvchi maxsus chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ish bilan taʼminlash sohasidagi tadbirlarni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yoʻnalishlari bilan, shu jumladan ijtimoiy taʼminot, daromadlarni oshirish va taqsimlash, pul qadrsizlanishining oldini olish bilan muvofiqlashtirish;
aholini ish bilan taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda Oʻzbekiston Respublikasi kasaba uyushmalarining, tadbirkorlik uyushmalarining (ittifoqlarining) davlat boshqaruvi idoralari bilan hamkorligi;
aholini ish bilan taʼminlash muammolarini hal qilishda respublika ichida va davlatlararo hamkorlik.
