4-modda. Maqbul keladigan ish
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaxslar uchun mehnat birjasi tomonidan taklif qilingan, ularning kasb tayyorgarligiga mos boʻlgan, yoshini, sihat-salomatligini, mehnat stajini va oldingi kasbi boʻyicha tajribasini, yangi ish joyiga transportda qatnashiga hisobga oluvchi ish maqbul keladigan ish hisoblanadi.
2. 29-moddaning 2-bandida koʻzda tutilgan ishsizlikning dastlabki davri tugaganidan soʻng kasbiga (ixtisosiga) mos ish topib berish mumkin boʻlmagan taqdirda, odamning qobiliyatini, kuchini, oldingi tajribasini va unga qulay boʻlgan taʼlim vositalarini hisobga olib, kasbini (ixtisosini) oʻzgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish hisoblanishi mumkin.
3. Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (ixtisosi) boʻlmagan shaxslar uchun oldindan kasb tayyorgarligini talab qiluvchi ish, bunday ishni taklif etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, fuqarolarning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga oladigan hamda mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarning talablariga mos keladigan haq toʻlanadigan boshqa ish (shu jumladan vaqtinchalik ish) maqbul keladigan ish hisoblanishi mumkin.
4. Agar ish:
uy-joy va oʻzga yashash sharoitlari xodim ish bilan taʼminlash davlat xizmatiga murojaat qilishidan oldingi sharoitga nisbatan uncha qulay boʻlmagan joydan berilsa;
doimiy istiqomat joyidan ancha uzoq boʻlsa;
ish haqi va boshqa mehnat sharoitlari shu mutaxassislik (kasb) uchun bu joydagi oʻrtacha darajadan past boʻlsa;
ish uzrli sabablar bilan, jumladan mehnatkashning shaxsiy yoki oilaviy ahvoliga asoslangan holda rad etilgan boʻlsa, bunday ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas.
