3-modda. Ishsizlar
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
16 yoshdan boshlab to pensiyaga chiqish huquqini olishgacha boʻlgan yoshdagi, ishga va ish haqi (mehnat daromadi)ga ega boʻlmagan, haqiqatda ish qidirayotgan, mehnat qilishga, kasb-kor tayyorgarligi va qayta tayyorgarlikdan oʻtishga tayyor shaxs sifatida ish bilan taʼminlash davlat xizmatlarida roʻyxatga olingan va shu xizmatlar maqbul keladigan ishni taklif qilmagan, lekin mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deb hisoblanadilar.
Ish bilan taʼminlash davlat xizmatida roʻyxatga olingan paytdan boshlab 10 kun ichida taklif etilgan oʻziga maqbul ishni ikki marta rad etgan shaxslar ish qidirayotgan deb eʼtirof etilmaydi va taklif etilgan ishni rad qilgan vaqtdan boshlab 30 kalendar kun oʻtgandan keyingina ishsiz sifatida takroran roʻyxatga olinish huquqiga ega boʻladi.
Ishsizlar sifatida roʻyxatga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
