26-modda. Moddiy madad kafolatlari
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi ishdan mahrum boʻlgan, birinchi bor ish qidirayotgan, shuningdek uzoq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan fuqarolarga:
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan boʻshatilgan xodimlarga imtiyozlar berilishidan;
kasb-kor oʻrganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya toʻlanishidan hamda shu davr umumiy va uzluksiz mehnat stajiga qoʻshilishidan;
ishsizlik nafaqalari toʻlanishidan;
ishsizga qaramogʻidagilarni hisobga olgan holda yordam berilishidan;
haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatidan;
aholini ish bilan taʼminlash davlat xizmatining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy tarzda oʻzga erga koʻchishi bilan bogʻliq xarajatlarning qoplanishidan iborat ijtimoiy kafolatlarni taʼminlaydi.
