25-modda. Ishsizlarga kasb oʻrgatish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Davlat ish bilan taʼminlash xizmatida roʻyxatdan oʻtgan va ishsizlik maqomini olgan shaxslarni kasbga oʻrgatish, ularning malkasini oshirish va qayta tayyorlash basharti:
ishsiz zarur kasb malakasiga ega boʻlmaganligi tufayli unga munosib ish tanlash mumkin boʻlmasa;
ishsizning kasb koʻnikmalariga mos keladigan ish yoʻqligi sababli uning malakasini oʻzgartirish zarur boʻlsa;
avvalgi kasbi boʻyicha ish bajarish qobiliyati yoʻqotilgan boʻlsa amalga oshirilishi mumkin.
2. Fuqarolarga kasb oʻrgatish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ish bilan taʼminlash davlat xizmatlarining yoʻllanmalari boʻyicha oʻquv yurtlarida ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasida ana shu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
