2-modda. Yer soligʻi toʻlovchilar
Er soligʻi toʻgʻrisida (831-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Oʻz mulkida, egaligida va foydalanishida yer uchastkalariga ega boʻlgan birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, chet el yuridik shaxslari, ularning tashkilotlari, boʻlinmalari va filiallari, shu jumladan qoʻshma korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yer soligʻi toʻlovchilar hisoblanadi.
Ushbu moddada uqtirib oʻtilgan yer soligʻi toʻlovchilar bundan buyon matnda “yuridik shaxslar” va “fuqarolar” deb yuritiladi.
