1-modda. Yer soligʻi belgilash qoidalari
Er soligʻi toʻgʻrisida (831-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Oʻz mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar har yili yer soligʻi toʻlaydilar, uning miqdori ushbu yer uchastkasining sifati, qanday joydaligi va suv bilan qanday taʼminlanganligiga qarab belgilanadi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qaroriga binoan ijaraga yer uchastkalari olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer soligʻi oʻrniga mahalliy budjetga ijara haqi toʻlaydilar, uning miqdori tomonlarning kelishuvi boʻyicha, lekin qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yer soligʻining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan koʻp boʻlmagan miqdorda, yerlardan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanilganda bir stavkasi miqdorida belgilanadi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan ijaraga beriladigan yer uchun ijara toʻlovi undirilib, uning miqdori tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan belgilanadi, biroq bu miqdor qonunlarda nazarda tutilgan yer soligʻi stavkalaridan kam boʻlmasligi kerak.
