Er soligʻi toʻgʻrisida (831-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Yer soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kimningdir mulkida, egaligida va foydalanishida boʻlgan har bir yer uchastkasi uchun yer soligʻi stavkalarining miqdorlari yer uchastkasining sifati, qanday joydaligi va suv bilan qanday taʼminlanganligiga qarab tabaqalashtirilgan holda belgilanadi.
Yerga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchining aybi bilan yerning sifati yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer soligʻi yerning sifati yomonlashishiga qadar belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-96216
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 3-modda. Yer soligʻi stavkalari Er soligʻi toʻgʻrisida (831-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-96214/3 (lex.uz/docs/-96216)