31-modda. Suv obyektlaridan foydalanish muddatlari
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish uchun beriladi.
Muddati avvaldan belgilanmagan holda foydalanish — doimiy foydalanish deb eʼtirof etiladi.
Suvdan vaqtincha foydalanish muddati uch yildan kam boʻlmasligi va qirq toʻqqiz yildan oshmasligi kerak.
Suv obyektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosnomasiga binoan, shu suv obyektlarini tanho foydalanish uchun berish toʻgʻrisida qaror chiqargan yoki undan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
