102-modda. Kichik daryolarni muhofaza qilish
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Xoʻjalik faoliyati kichik daryolarning holati va rejimiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xoʻjaligi kooperativlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suvni, uning musaffoligi va sifatini saqlash chora-tadbirlarini koʻrishlari lozim.
Kichik daryolarning suvni muhofaza qilish mintaqalari, bu mintaqalardagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xoʻjalik faoliyati rejimi qonunchilik bilan belgilanadi.
