103-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning suv yetkazadigan zararli taʼsirning oldini olish hamda uni bartaraf etish boʻyicha majburiyatlari
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi, geologiya va mineral resurslar organlari, boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda yoki shunga vakolatli davlat organlarining yozma koʻrsatmalari boʻyicha:
suv toshqinlarining, suv bosishi va zax bosishining;
sohillar, himoya dambalari va boshqa inshootlar buzilib ketishining;
yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishining;
tuproq eroziyasining, jarlar, oʻpirilishlar yuzaga kelishining, sel oqimlarining va suvlar yetkazadigan boshqa zararli taʼsirning oldini olish hamda uni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishi shart.
