“10-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari — Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1174-son)
“10-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1174-son) · Sana: 11.09.2026 · Amalda
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
vasiylik va homiylik sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, ularni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi, bundan vasiylik va homiylik sohasining voyaga yetmaganlarga doir qismi mustasno;
vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalarni bajaruvchi tuman, shahar tibbiyot birlashmalari faoliyatini nazorat qilishni hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
axborot tizimini yuritadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish boʻyicha, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, bundan voyaga yetmaganlarga nisbatan vasiylik va homiylikka oid qarorlar mustasno”;
6) 12-moddaning:
nomidagi “Tumanlar (shaharlar) hokimliklari bolalarni himoya qilish shuʼbalarining” degan soʻzlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi:
birinchi xatboshisidagi “Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari” degan soʻzlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “joylashtirilganligi” degan soʻz “muqobil joylashtirilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yetim bolalarga va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanishi zarurligini aniqlab, vasiy yoki homiy etib tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “joylashtirishni” degan soʻz “muqobil joylashtirishni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oʻn toʻrtinchi — yigirmanchi xatboshilari tegishincha oʻn uchinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yigirmanchi — yigirma oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yetim bolalarning va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy holati va turmush sharoitlarini baholashdan oʻtkazadi hamda baholash natijalari asosida bolalarning ijtimoiy maqomini belgilaydi;
yetim bolalarning va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning qonuniy vakili sifatida har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan boʻlgan munosabatlarda, shu jumladan sudda muqobil joylashtirish shakllari boʻyicha tarbiyaga olingan (bundan farzandlikka olingan bolalar mustasno) bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi, ularning nomidan hamda ularning eng ustun manfaatlarini koʻzlab harakat qiladi;
yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllari boʻyicha tarbiyaga olgan shaxslar, tashkilotlar tomonidan bolalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatilishining, tarbiya berilishining va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa xizmatlar koʻrsatilishining monitoringini olib boradi;
yetim bolalarning, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning moddiy taʼminot olish huquqlarini taʼminlashda aliment toʻlovlarini, bolaning sogʻligʻini tiklash va reabilitatsiyasi uchun qoʻshimcha xarajatlarni ota-onadan yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan bola foydasiga undirish boʻyicha sudga ariza (daʼvo arizasi) kiritadi;
bolaning ota-onasini bedarak yoʻqolgan deb topish va (yoki) vafot etgan deb eʼlon qilish boʻyicha sudga ariza kiritadi;
yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga meros asosida yoki mol-mulkka egalik qilishning boshqa shakllari asosida tegishli boʻlgan, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan koʻchar va koʻchmas mol-mulk ular voyaga yetguniga qadar boshqa shaxslarga berilishining oldini olish choralarini koʻradi;
yetim bolalarning va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, hujjatlarni hamda ularning koʻchirma nusxalarini barcha davlat organlari, tashkilotlar va muassasalardan soʻrov asosida bepul oladi”;
ikkinchi qismidagi “Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari” degan soʻzlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 15-moddaning:
birinchi qismidagi “joylashtirilganligi” degan soʻz “muqobil joylashtirilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning yashash joyi va uning mulkiy ahvoli oʻzgargan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari uch ish kuni ichida axborot tizimiga tegishli oʻzgartirishlarni kiritishi shart. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari mazkur oʻzgartirishlar toʻgʻrisida yetti ish kuni ichida tuman (shahar) hokimliklarini xabardor etishi hamda uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini mazkur shaxsning yangi yashash joyidagi tuman, shahar tibbiyot birlashmasiga yuborishi shart. Bunda shaxsiy hujjatlar yigʻmajildining koʻchirma nusxasi tuman, shahar tibbiyot birlashmasining arxivida qolishi shart”;
8) 16-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar aniqlanganda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, taʼlim tashkilotlari va sogʻliqni saqlash muassasalari, notariuslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mazkur shaxslar aniqlangan kundan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida ular haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimi orqali yoki yozma shaklda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga yuboradi”;
ikkinchi qismi “qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvdan” degan soʻzlardan keyin “(birlamchi baholashdan)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) 17-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shuʼbasiga” degan soʻzlar “tuman (shahar) hokimligiga hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga (voyaga yetmaganlarga oid qismi boʻyicha)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisi “tasdiqlovchi hujjatlarni” degan soʻzlardan keyin “yoxud mazkur hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli axborot tizimlaridan mustaqil ravishda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 18-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Axborot tizimini tegishliligi boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yuritadi.
Axborot tizimiga ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan organlar va shaxslar, shuningdek vasiylik va homiylik organlaridan kelib tushadigan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi, shu jumladan ularning muqobil joylashtirilganligi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan koʻchar va koʻchmas mol-mulki haqidagi maʼlumotlar kiritiladi”;
11) 19-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vasiylik va homiylik voyaga yetmaganlarga nisbatan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining qarori, voyaga yetganlarga nisbatan esa tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi”;
12) 21-moddaning:
birinchi qismi “tuman, shahar hokimining” degan soʻzlardan keyin “yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi “Tuman, shahar hokimi” degan soʻzlardan keyin “yoxud “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
13) 22-moddaning:
birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxonadan yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, sogʻlomlashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasasidan va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortgan holda oʻzining ota-onalik majburiyatlarini bajarmagan shaxslar”;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshisidagi “ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida” degan soʻzlar “ushbu modda birinchi qismining yettinchi xatboshisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida” degan soʻzlar “ushbu modda birinchi qismining yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 23-moddaning toʻrtinchi qismidagi “joylashtirishning” degan soʻz “muqobil joylashtirishning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 24-moddaning birinchi qismidagi “tuman, shahar hokimi qarori” degan soʻzlar “tuman, shahar hokimining yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining qarori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 25-moddaning:
birinchi qismidagi “tuman, shahar hokimi qarori” degan soʻzlar “tuman, shahar hokimining yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining qarori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “tuman, shahar hokimi qarorida” degan soʻzlar “tuman, shahar hokimining yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining qarorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 26-moddaning:
birinchi qismidagi “Tuman, shahar hokimi” degan soʻzlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “tuman, shahar hokimi” degan soʻzlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Tuman, shahar hokimi” degan soʻzlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 29-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vasiyni yoki homiyni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror voyaga yetganlarga nisbatan tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida, voyaga yetmaganlarga nisbatan esa “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan qabul qilinadi”;
toʻrtinchi qismidagi “joylashtirishning” degan soʻz “muqobil joylashtirishning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 30-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vasiy yoki homiy oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoxud oʻz huquqlarini suiisteʼmol qilgan hollarda, ularni oʻz majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qaror voyaga yetganlarga nisbatan tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida, voyaga yetmaganlarga nisbatan esa “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan qabul qilinadi”;
uchinchi qismidagi “joylashtirishning” degan soʻz “muqobil joylashtirishning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 32-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxs bilan birga yashayotgan vasiyning yoki homiyning yashash joyini oʻzgartirishi, shuningdek vasiyning yoki homiyning, shu jumladan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi vasiylik va homiylik organining yozma ruxsati va oʻn yoshga toʻlgan voyaga yetmaganning roziligi bilan amalga oshiriladi”;
21) 36-modda:
beshinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Roʻyxatning bir nusxasi vasiyga yoki homiyga topshiriladi, ikkinchi nusxasi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning vasiylik va homiylik organi tomonidan yuritiladigan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida saqlanadi, uchinchi nusxasi esa, axborot tizimiga vasiylik yoki homiylik belgilangan voyaga yetganlarga tegishli maʼlumotlarni kiritish uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi, bundan voyaga yetmagan mol-mulkining roʻyxati mustasno”;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Voyaga yetmagan mol-mulkining roʻyxati ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi vasiyga yoki homiyga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa axborot tizimiga kiritiladi”;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
22) 37-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi “bundan voyaga yetmaganlarning vasiylari mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
23) 45-moddaning matni “Tuman, shahar hokimining” degan soʻzlardan keyin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1153-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 42-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola foydasiga ota-onadan yoki ularning biridan undirilishi belgilangan aliment miqdorini kamaytirish boʻyicha ishlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari jalb etiladi”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 303-moddaning beshinchi qismidagi “ushbu hal qiluv qaroridan koʻchirma nusxasini” degan soʻzlar “ushbu hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasini tegishli vasiylik va homiylik organiga hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 17-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-517-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 1, 6-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 30-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasining muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolari ustidan, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra oʻz huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga hamda oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmagan voyaga yetgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash choralarini koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan yetim qolgan yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini farzandlikka, vasiylikka va homiylikka olishni xohlaydigan, konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning iltimosiga koʻra konsullikning mansabdor shaxsi ularni farzandlikka, vasiylikka va homiylikka olishning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Konsullikning mansabdor shaxsi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fuqarolar haqida xabar berishni soʻrab konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlariga murojaat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi konsullik okrugi hududida yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlib qolganligi, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlganligi, muomalaga layoqatsizligi yoki muomala layoqati cheklanganligi, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra oʻz huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga hamda oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmay qolganligi holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qabul qilib olgan yoxud mazkur holatlar oʻziga maʼlum boʻlib qolgan konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining bunday fuqarosi ustidan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga koʻmaklashadi hamda uning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish choralarini koʻradi”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 385-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda) 25-moddasi uchinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yetim bolalarning va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotganda, bu bolalar muqobil joylashtirilayotganda hamda vasiylik va homiylikni taʼminlash boʻyicha boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilayotganda”.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-595-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 889-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 4, 290-modda, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda; 2024-yil, № 9, 958-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 33-moddaning ikkinchi qismidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari huzuridagi tibbiy-ruhiy-pedagogik komissiya” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 34-modda quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishuvga koʻra, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida, inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkilotida hamda qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarni sanitariya-gigiyena talablari hisobga olinib, mazkur guruhlarni toʻldirishning eng koʻp miqdori qisqartirilgan yoki oshirilgan holda tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi”;
3) 44-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlikka oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar bir yil muddat davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
45-bandining uchinchi xatboshisi “bolalarni ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etmasdan olib qoʻyish haqidagi” degan soʻzlardan keyin “bolaning sogʻligʻini tiklash va reabilitatsiya qilish uchun qoʻshimcha xarajatlarni ota-onadan yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan bola foydasiga undirish haqidagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 451-band bilan toʻldirilsin:
“451) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boʻlinmalari — nafaqa oluvchilardan ortiqcha (noqonuniy) toʻlangan nafaqalarning summalarini undirish bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan”;
2) 15-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tugʻilgan bolaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish chogʻida ushbu bola otasi yoki onasining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manziliga roʻyxatga qoʻyilayotganda, shuningdek yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola vasiysining (homiysining), tutingan ota-onasining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manziliga roʻyxatga qoʻyilayotganda davlat boji undirilmaydi”;
toʻrtinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha beshinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 538-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 101-modda, № 9, 958, 964-moddalar, № 11, 1188-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 10, 1155-modda) 38-moddasining uchinchi qismidagi “tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning” degan soʻzlar “psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-mayda qabul qilingan “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi OʻRQ-690-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 5, 415-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda) 41-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
birinchi qismdagi “tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning” degan soʻzlar “psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismdagi “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning” degan soʻzlar “Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyunda qabul qilingan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-781-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 576-modda; 2024-yil, № 8, 830-modda, № 10, 1072-modda) 25-moddasining toʻqqizinchi qismidagi “tutingan oilaga” degan soʻzlar “tutingan (foster) oilaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevralda qabul qilingan “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-901-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 2, 101-modda; 2025-yil, № 10, 1155-modda) 15-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlikka oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslarning bir yil muddat davomida quyidagi taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari;
professional taʼlim tashkilotlari;
bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
22-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-sentabr,
OʻRQ-1174-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “10-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1174-son). neolex.uz/uz/laws/law-8487669/10 (lex.uz/docs/-8472495)