“182-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishida ishtirok etishi kafolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlashga hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1168-son) · Sana: 17.08.2026 · Amalda
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va tartibga solish taʼsirini baholash hisoboti bevosita tadbirkorlik subyektlarining hamda ular birlashmalarining ishtirokida muhokama qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tartibga solish taʼsiri boʻyicha baholashdan oʻtkaziladi. Bunda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash natijalari yuzasidan xulosa beruvchi organlarning xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishli loyihani ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilishi kerak, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi loyihalar mustasno.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi muhokamasidan oʻtkazilishi kerak”;
6) 22-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
7) quyidagi mazmundagi 231-modda bilan toʻldirilsin:
