“5-modda. Tadbirkorlik subyektlarining toifalari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlashga hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1168-son) · Sana: 17.08.2026 · Amalda
Tadbirkorlik subyektlari kalendar yil davomidagi jami daromadining miqdoriga qarab quyidagi toifalarga boʻlinadi:
kichik tadbirkorlik subyektlari;
oʻrta tadbirkorlik subyektlari;
yirik tadbirkorlik subyektlari.
Kichik tadbirkorlik subyektlari toifalariga:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
mikrofirmalar — taʼsischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar boʻlgan va kalendar yil davomidagi jami daromadi bir milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
kichik korxonalar — kalendar yil davomidagi jami daromadi bir milliard soʻmdan oʻn milliard soʻmgacha boʻlgan va (yoki) ushbu qismning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsischilari (ishtirokchilari) tarkibida yuridik shaxslar mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlari kiradi.
Oʻrta tadbirkorlik subyektlari toifasiga kalendar yil davomidagi jami daromadi oʻn milliard soʻmdan yuz milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari kiradi.
Yirik tadbirkorlik subyektlari toifasiga kalendar yil davomidagi jami daromadi yuz milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari kiradi.
Tadbirkorlik subyektlarini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan toifalarga ajratish ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi”;
3) 9-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“buxgalteriya hisobini va tezkor hisobni qonunchilik talablariga muvofiq yuritishi”;
4) 17-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonunchilikka muvofiq yuritadi. Hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishi uchun dasturiy taʼminotni imtiyozli shartlarda yoki bepul taqdim etadi.
