“231-modda. Tadbirkorlik subyektlarining energiya manbalariga ulanish va ulardan belgilangan tartibda foydalanish kafolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlashga hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1168-son) · Sana: 17.08.2026 · Amalda
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda energiya manbalariga ulanish va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Energetika korxonalari tadbirkorlik subyektlarining energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlarini xavfsiz, ishonchli, barqaror va uzluksiz ravishda taʼminlashi shart.
Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarining energiya manbalari taʼminotini vaqtincha toʻxtatib turish yoki cheklash jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shu jumladan avariya vaziyatlari yuzaga kelganda energiya tizimining muvozanatini saqlab turish yoki energiya taʼminoti tizimiga texnik xizmat koʻrsatish uchun amalga oshirilishi mumkin”;
8) 24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
