27-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilar:
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun ahamiyatga ega boʻlgan axborotni taqdim etishi;
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanishda ijtimoiy shartnoma shartlariga rioya etishi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) maqomi tugatilishiga sabab boʻlgan hollar yuzaga kelgan taqdirda, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchiga bu haqda xabar berishi;
oʻziga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatayotgan ijtimoiy xodimning shaxsini, ijtimoiy maqomini va kasbiy faoliyatini hurmat qilishi hamda uning kasbiy faoliyatiga qarshilik koʻrsatmasligi shart.
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
