28-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini tugatish
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning tugatilishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
uning ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) sifatidagi holatni yengib oʻtganligi;
ijtimoiy shartnoma shartlariga rioya etmaganligi;
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishini rad etganligi;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash joyiga koʻchib oʻtganligi;
vafot etganligi;
ahamiyatga ega boʻlgan axborotning notoʻgʻriligi, qalbakiligi yoki boshqa shaxsga tegishliligi aniqlanganligi;
uning ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazoga hukm qilinganligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
