24-modda. Yillik shaffoflik hisobotlari
Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida (O‘RQ-1158-son) · Sana: 13.07.2026 · Amalda
Moliya markazining har bir organi har bir moliya yili tugaganidan keyin toʻrt oy ichida yillik shaffoflik hisobotini eʼlon qilishi shart.
Moliya markazi har bir organining yillik shaffoflik hisoboti kamida quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Moliya markazining moliya yili davomida qabul qilingan qarorlarini va oʻtkazilgan muhokama jarayonlarining qisqacha bayonini;
qoʻllanilgan majburiy choralarning, shu jumladan qoʻllanilgan jarimalarning soni va turi hamda Toshkent xalqaro tijorat sudida koʻrilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
berilgan, yangilangan, toʻxtatib turilgan va bekor qilingan litsenziyalar, roʻyxatdan oʻtkazishlar va ruxsatnomalar soni haqidagi maʼlumotlarni;
tasdiqlangan budjet va moliya yilidagi amaldagi xarajatlar toʻgʻrisidagi moliyaviy maʼlumotlarni;
kelgusi moliya yili uchun tartibga solish va institutsional rivojlanish boʻyicha istiqboldagi dasturni.
Yillik shaffoflik hisobotlari Moliya markazi qarorlarining rasmiy reyestrida va Moliya markazi har bir organining rasmiy veb-saytida barcha erkin tanishishi hamda foydalanishi uchun ingliz tilida eʼlon qilinadi.
Moliya markazining kengashi Moliya markazi organlarining yillik shaffoflik hisobotlarini oʻz ichiga olgan Moliya markazining konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisobotini eʼlon qiladi va uni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda taqdim etadi.
