“231-modda. Majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning ish beruvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1154-son)
“231-modda. Majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning ish beruvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1154-son) · Sana: 22.06.2026 · Amalda
Ushbu Qonunda belgilangan majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning ish beruvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-mayda qabul qilingan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-386-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 179-modda; 2018-yil, № 7, 433-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 10, 981-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sugʻurta summasi — muayyan summa boʻlib, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) sugʻurta shartnomasi boʻyicha ushbu summa doirasida toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi”;
2) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “sugʻurta pulidan” degan soʻzlar “sugʻurta summasidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 6-modda:
ikkinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “yozma shakldagi” degan soʻzlar “yozma yoki elektron shakldagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 8-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi (bundan buyon matnda sugʻurta polisi deb yuritiladi) qonunchilikka muvofiq va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga kiritilgan transport vositalarining soniga teng nusxalarda rasmiylashtiriladi”;
uchinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sugʻurta polisining namunasi va uni tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
beshinchi va oltinchi qismlari chiqarib tashlansin;
5) 9-modda:
nomidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni (bundan buyon matnda sugʻurta tovoni deb yuritiladi) sugʻurtalovchi tomonidan toʻlansa, sugʻurta summasi toʻlangan sugʻurta tovoni summasi miqdorida kamaytiriladi. Bunda sugʻurta summasini tiklash uchun tashuvchi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga hamda mazkur shartnomaning qolgan amal qilish muddatiga mutanosib sugʻurta mukofotini sugʻurtalovchining tegishli bildirishnomasi olinganidan keyin yetti ish kuni ichida qoʻshimcha ravishda toʻlashi shart”;
6) 11-moddaning birinchi qismidagi “sugʻurta pulini” degan soʻzlar “sugʻurta summasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 12-modda:
birinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 13-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “yozma shakldagi” degan soʻzlar “yozma yoki elektron shakldagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 14-modda:
birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash haqidagi yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori tashuvchi sugʻurta tovonini toʻlash talabi koʻrsatilgan yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat etganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay chiqarilishi hamda tashuvchiga xabar qilinishi kerak”;
uchinchi qismidagi “bank foizining hisob stavkasidan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “yozma” degan soʻz “yozma yoki elektron shakldagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “yozma” degan soʻz “yozma yoki elektron shakldagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 16-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “yozma shaklda” degan soʻzlar “yozma yoki elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-ilova quyidagi mazmundagi 38 — 43-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
2) 4-ilovaning III boʻlimi quyidagi mazmundagi 31-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-730-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1062-modda; 2025-yil, № 4, 519-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning beshinchi xatboshisidagi “sugʻurta qildiruvchi” degan soʻzlar “sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan sugʻurta tashkiloti nomidan tuzish boʻyicha vositachilik faoliyatini vakolatli davlat organining tegishli sugʻurta klassi koʻrsatilgan litsenziyasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan sugʻurtalovchilar amalga oshirishi mumkin”;
3) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 7-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Majburiy sugʻurta obyekti bir vaqtning oʻzida bir xil turdagi bir nechta majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanishi mumkin emas. Bunda faqat dastlabki tuzilgan majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta obyektiga yetkazilgan zarar qoplanadi”;
5) 14-moddaning uchinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sugʻurta agenti jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs rahbarining yoxud xodimining malakasini oʻz mablagʻlari hisobidan oshirishi”;
oʻn ikkinchi xatboshisi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
6) 16-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qayta sugʻurta brokeri oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Qayta sugʻurta brokerining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
7) 17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sugʻurtaning (qayta sugʻurtaning) har qanday turi boʻyicha vositachilik faoliyatini vakolatlari doirasida amalga oshirish, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno”;
8) 18-modda:
birinchi qismidagi “tashkil etishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi” degan soʻzlar “tashkil etishga doir faoliyatni vositachilik haqi evaziga amalga oshiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sugʻurta agenti bir vaqtning oʻzida sugʻurtalovchining boshqaruv va nazorat organlari aʼzolari hamda rahbarlari, shuningdek xodimi sifatida ish yuritishi mumkin emas”;
uchinchi qismidagi “sugʻurtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomalari” degan soʻzlar “sugʻurtalovchilar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan topshiriq shartnomalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yuridik shaxs boʻlgan sugʻurta agentlari sugʻurta qildiruvchi sifatida ishtirok etadigan sugʻurta shartnomalarida sugʻurta agenti sifatida ish yuritishiga;
sugʻurta agentining qonunchilik bilan belgilangan vazifalarini boshqa har qanday fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida amalga oshirishiga”;
uchinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Insofsiz sugʻurta agentlarining reyestri vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladi”;
9) 19-modda:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sugʻurtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sugʻurtaning har qanday turi, shu jumladan majburiy sugʻurta turlari boʻyicha ham vositachilik faoliyatini amalga oshirish, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno”;
uchinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “(sugʻurta summasini)” degan soʻzlar “(sugʻurta toʻlovini)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 20-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Adjaster oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Adjasterning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
11) 22-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Aktuar tashkilot oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Aktuar tashkilotning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi”;
ikkinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
12) 24-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sugʻurta syurveyeri oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Sugʻurta syurveyerining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi”;
uchinchi — oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
13) 26-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Assistans oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Assistansning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
14) quyidagi mazmundagi 331-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “231-modda. Majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning ish beruvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1154-son). neolex.uz/uz/laws/law-8288349/231 (lex.uz/docs/-8283652)