“161-modda. Transport vositasidan cheklanmagan tarzda foydalanishda majburiy sugʻurta qilish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1154-son) · Sana: 22.06.2026 · Amalda
Transport vositasining egasi transport vositasining soni cheklanmagan haydovchilar tomonidan boshqarilishida ularning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish maqsadida majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishga haqlidir.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta shartnomasida transport vositasining mulkdori va uning yaqin qarindoshlari, transport vositasining egasi koʻrsatilmaydi. Bunda ularning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan hisoblanadi”;
5) 19-moddaning uchinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 202-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Haydovchilarning tanloviga koʻra aybdor tarafning sugʻurtalovchisidan sugʻurta tovonini olish maqsadida sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi ariza oʻrniga sugʻurta tovonini toʻlash haqidagi ariza rasmiylashtirilib, aybdor tarafning sugʻurtalovchisiga murojaat qilinishi mumkin. Bunda ariza aybdor tarafning sugʻurtalovchisi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim”;
uchinchi — oʻninchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi qismidagi “ushbu moddaning yettinchi qismida” degan soʻzlar “ushbu moddaning sakkizinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 22-moddaning:
birinchi qismidagi “sugʻurta pulining” degan soʻzlar “sugʻurta summasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “sugʻurta pulining” degan soʻzlar “sugʻurta summasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 23-moddaning:
birinchi qismidagi “sugʻurta pulidan” degan soʻzlar “sugʻurta summasidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismidagi “sugʻurta tovoni miqdoridan” degan soʻzlar “sugʻurta summasi miqdoridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
