“56-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1151-son) · Sana: 11.06.2026 · Amalda
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, —
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq jazosiga sabab boʻladi”;
3) 562-moddaning:
nomidagi “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar” degan soʻzlar “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasidagi “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar” degan soʻzlar “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 563-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
