“563-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1151-son) · Sana: 11.06.2026 · Amalda
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, —
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Agar ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi”;
5) 564-moddaning:
nomidagi “Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni” degan soʻzlar “Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasidagi “Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni” degan soʻzlar “Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 131-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki” degan soʻzlar “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
