27613-modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1151-son)
27613-modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1151-son) · Sana: 11.06.2026 · Amalda
Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
26) sakkizinchi boʻlim:
“Giyohvandlik vositalarining analoglari” atamasining huquqiy maʼnosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyohvandlik vositalarining va psixotrop moddalarning analoglari — kimyoviy tuzilishi va xossalariga koʻra giyohvandlik vositalariga va psixotrop moddalarga oʻxshash boʻlgan, ular singari ruhiyatga faol taʼsir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar”;
“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishdagi koʻp miqdor” atamasining huquqiy maʼnosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishdagi koʻp miqdor — tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi”;
“Giyohvandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan koʻproq miqdor” atamasining huquqiy maʼnosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyohvandlik vositalaridan, psixotrop moddalardan yoki ularning analoglaridan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan koʻproq miqdor — tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi”;
“Prekursorlar” atamasining huquqiy maʼnosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prekursorlar — prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar”;
quyidagi mazmundagi atama bilan toʻldirilsin:
“Gʻayriqonuniy narkolaboratoriya — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun maxsus tashkil etilgan, buning uchun zarur boʻlgan kimyoviy moddalar, asbob-uskunalar va texnik vositalar bilan jihozlangan har qanday koʻchar yoki koʻchmas mulk obyekti”.
1) 173-modda birinchi qismining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjudligini, ularning turi va miqdorini”;
2) 198-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “giyovandlik” degan soʻz “giyohvandlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 345-moddaning:
ikkinchi qismidagi “186-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1921 — 19212, 1971, 205 — 215, 218 — 222, 2291-moddalarida, 2293-moddasi oltinchi qismida, 2294, 2295, 230 — 2302, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 2321 — 236, 2411 — 242, 265-moddalarida” degan soʻzlar “1921 — 19212, 1971, 205 — 215, 218 — 222, 2291-moddalarida, 2293-moddasi oltinchi qismida, 2294, 2295, 230 — 2302, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 2321 — 236, 2411 — 242, 265-moddalarida, 27611-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “113-moddasi uchinchi — beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 1151-moddasida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1221-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 124-moddasida, 1261-moddasi beshinchi — sakkizinchi qismlarida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128, 1281-moddalarida, 129-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 1331, 1332, 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164 — 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida, uchinchi qismining “a”, “b” va “v” bandlarida hamda toʻrtinchi qismida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 176-moddasida, 193 — 196-moddalarida, 1961-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1962-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197-moddasida, 198 — 204, 216-moddalarida, 2161-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 2282-moddasi uchinchi qismida, 2296, 244, 2443-moddalarida, 2444-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 2481-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 251-moddasida, 2511-moddasi uchinchi — oltinchi qismlarida, 252 — 2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 256 — 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2601-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2621-moddasi ikkinchi qismida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi toʻrtinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida” degan soʻzlar “114-moddasi uchinchi qismida, 1151-moddasida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1221-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 124-moddasida, 1261-moddasi beshinchi — sakkizinchi qismlarida, 127-moddasida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128, 1281-moddalarida, 129-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 1331, 1332, 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164, 165, 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida, uchinchi qismining “a”, “b” va “v” bandlarida hamda toʻrtinchi qismida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 176-moddasida, 193 — 196-moddalarida, 1961-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1962-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197-moddasida, 198 — 204, 216-moddalarida, 2161-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 2282-moddasi uchinchi qismida, 2296, 244, 2443-moddalarida, 2444-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 2481-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 252 — 2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 256, 257, 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2601-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2621-moddasi ikkinchi qismida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271-moddasida, 273-moddasi ikkinchi — oltinchi qismlarida, 274-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 2761 — 2764-moddalarida, 2766, 2767-moddalarida, 2768-moddasi ikkinchi qismida, 2769-moddasi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 27610-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 27613-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “186-moddasi ikkinchi qismida, 1861-moddasida” degan soʻzlar “1861-moddasida, 27611-moddasi ikkinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “1863, 188, 1881, 243, 2441, 2442-moddalarida” degan soʻzlar “188, 1881, 243, 2441, 2442, 27612-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 3812-modda birinchi qismining:
1-bandidagi “113-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 1221-moddasi birinchi qismida, 125, 1251, 126-moddalarida, 1261-moddasi birinchi — toʻrtinchi qismlarida, 127-moddasi birinchi qismida, 1271-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 1291-moddasi birinchi qismida,131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185-1851-moddalarida, 1961-moddasi birinchi qismida, 1962-moddasi birinchi qismida, 2161-moddasi birinchi qismida, 2162-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227, 2271-moddalarida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2281-moddasida, 2282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 229, 2292-moddalarida, 2293-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida, 2444-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 2445, 2446-moddalarida, 2481-moddasi birinchi qismida, 2511-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2512-moddasi birinchi qismida, 2552-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 2601-moddasi birinchi qismida, 261, 2611, 2612-moddalarida, 262-moddasi birinchi qismida, 2621-moddasi birinchi qismida, 2631-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 276-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar “114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 1221-moddasi birinchi qismida, 125, 1251, 126-moddalarida, 1261-moddasi birinchi — toʻrtinchi qismlarida, 1271-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 1291-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185, 1851-moddalarida, 1961-moddasi birinchi qismida, 1962-moddasi birinchi qismida, 2161-moddasi birinchi qismida, 2162-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227, 2271-moddalarida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2281-moddasida, 2282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 229, 2292-moddalarida, 2293-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida, 2444-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 2445, 2446-moddalarida, 2481-moddasi birinchi qismida, 2552-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 2601-moddasi birinchi qismida, 261, 2611, 2612-moddalarida, 262-moddasi birinchi qismida, 2621-moddasi birinchi qismida, 2631-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 273-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 276-moddasi birinchi qismida, 2765-moddasida, 2768-moddasi birinchi qismida, 2769-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 27610-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “186-moddasi birinchi qismida, 189 — 192-moddalarida” degan soʻzlar “189 — 192-moddalarida, 27611-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) 32-moddaning 6-bandidagi “giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki” degan soʻzlar “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 56-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 27613-modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1151-son). neolex.uz/uz/laws/law-8276699/27613 (lex.uz/docs/-8263876)