48-modda. Shaharsozlik renovatsiyasi hududida yer uchastkalarini ajratishni toʻxtatib turish
Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son) · Sana: 10.06.2026 · Amalda
Shaharsozlik renovatsiyasi hududidagi boʻsh turgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga mulk yoki ijara huquqi asosida ajratish, shuningdek davlat organlariga, muassasalariga, korxonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish renovatsiya loyihasini amalga oshirish davrida vaqtinchalik toʻxtatib turiladi.
Shaharsozlik renovatsiyasi dasturi tasdiqlanguniga qadar auksionga chiqarilgan, biroq auksion oʻtkazilmagan deb topilgan hollarda yer uchastkalari takroriy auksionga chiqarilmaydi.
Shaharsozlik renovatsiyasi dasturi tasdiqlanguniga qadar auksionga chiqarilgan yer uchastkalari boʻyicha auksion oʻtkazilgan va gʻolib aniqlangan hollarda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazib beriladi.
