47-modda. Foyda va zararlarni taqsimlash
Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son) · Sana: 10.06.2026 · Amalda
Renovatsiya loyihasini amalga oshirishda huquq egalarining va uchinchi shaxslarning mablagʻlarini jalb etish fuqarolik qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda davlat tasarrufidagi mol-mulkning yoki yer uchastkasining baholangan qiymatiga muvofiq tegishli hududiy jamgʻarma hissa qoʻshuvchi sifatida kiritiladi.
Renovatsiya loyihasini amalga oshirish natijasida olingan foyda va koʻrilgan zararlar uning ishtirokchilari oʻrtasida, agar taʼsis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Shirkatning biror-bir ishtirokchisini foyda yoki zararlarni taqsimlashda ishtirok etishdan chetlatish toʻgʻrisidagi kelishuv bitimi haqiqiy emas.
Agar shirkat tomonidan koʻrilgan zararlar oqibatida shirkat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan kamayib ketsa, sof aktivlar qiymati ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshmagunga qadar shirkat tomonidan olingan foyda ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlanmaydi.
