42-modda. Kompensatsiya shakllari
Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son) · Sana: 10.06.2026 · Amalda
Kompensatsiya quyidagi shakllarga ega boʻlgan ketma-ketlikda boʻlishi mumkin:
1) shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshiriladigan hududda yangi quriladigan turar va noturar joy toifasidagi obyektni mulk qilib berish;
2) boshqa joydan turar va noturar joy toifasidagi obyektni mulk qilib berish;
3) pul mablagʻlari;
4) kelishuv bitimida nazarda tutilgan boshqa shakllar.
Turar va noturar joy toifasidagi obyekt kompensatsiya sifatida berilganda ushbu beriladigan uy-joy maydoni huquq egasining renovatsiya qilinayotgan uy-joy maydonidan kam boʻlmasligi hamda yashash uchun tayyor holda topshirilishi va, birinchi navbatda, pastki qavatlardan taklif etilishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kompensatsiyaning shakli huquq egasi va Direksiya oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Huquq egasiga shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshirilishi natijasida kompensatsiya sifatida turar va noturar joy toifasidagi obyekt mulk qilib berilgan taqdirda, mazkur obyektlar boʻyicha soliqqa oid munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.
Huquq egasi va Direksiya oʻrtasidagi kelishuv bitimida kompensatsiyaning bir necha shakllari belgilanishi mumkin.
