“451-modda. Kasaba uyushmalari inspeksiyalarining Davlat mehnat inspeksiyasi bilan oʻzaro hamkorligi
Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1150-son) · Sana: 11.06.2026 · Amalda
Kasaba uyushmalarining inspeksiyalari, shuningdek Davlat mehnat inspeksiyasi oʻz faoliyatlarini oʻzaro hamkorlikda amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun istalgan taraf ikkinchi tarafga hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv, memorandum va boshqa bitim tuzish toʻgʻrisida taklif bilan chiqishlari mumkin.
Taraflar oʻrtasida imzolangan kelishuv, memorandum va boshqa bitim uni imzolagan tarafning ichki faoliyatiga aralashishni, shuningdek uning faoliyatini biror-bir tarzda cheklovchi normani oʻz ichiga olishi mumkin emas”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil, № 2, 193-modda, № 6, 730-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 36-moddaning oltinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ish tashlashga oid masalalar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
oltinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 186-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Kodeksning 398-moddasiga muvofiq”;
3) 398-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish beruvchi quyidagi shaxslarga ularning iltimosiga koʻra toʻliqsiz ish vaqti belgilashi shart:
homilador ayolga;
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning) ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga);
tibbiy xulosaga muvofiq oilaning betob aʼzosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsga”;
4) 570-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ish tashlash — bu xodimlarning mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish beruvchi bilan jamoaviy mehnat nizosini hal etish usuli sifatida mehnat majburiyatlarini vaqtincha, ixtiyoriy va birgalikda toʻliq yoki qisman bajarishni toʻxtatishdir”;
