27015-modda. Sudning hal qiluv qarori
Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1150-son) · Sana: 11.06.2026 · Amalda
Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi.
Ish tashlash noqonuniy deb topilgan taqdirda, sud tegishli javobgarlik masalasini hal etish toʻgʻrisida prokurorga xabar qiladi.
Sud ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorning va ish tashlashning qonunga muvofiq ekanligini hamda ish tashlash tufayli huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar buzilmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Sudning eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi yoki ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida eʼlon qilingan ish tashlashni kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish muddati koʻrsatiladi va u eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-588-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 882-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 8, 822-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 44-moddaning birinchi qismidagi “tegishli inspektorlari faoliyat koʻrsatadigan inspeksiyalar” degan soʻzlar “tegishli maʼmuriy vakolatga ega boʻlmagan inspektorlari faoliyat koʻrsatadigan inspeksiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 451-modda bilan toʻldirilsin:
