22-modda. Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (265-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi:
1) uchastka boʻyicha referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning roʻyxatini tuzadi;
2) fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda roʻyxatga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi;
4) aholini ovoz berish oʻtkaziladigan kun va joy toʻgʻrisida xabardor etadi;
5) ovoz berish xonalari, kabinalari va qutilari hamda boshqa ashyolar tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
6) referendum uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
7) referendum uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
8) ovoz berishga tayyorgarlik koʻrish va ovoz berishni oʻtkazish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
9) ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
