17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlarning hisobvaraqlari
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (556-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan norezident jismoniy shaxslar, immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasida xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli banklarda milliy valyutada va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishga hamda ulardan foydalanishga haqlidir.
Vakolatli banklarning vakillari boʻlgan chet el banklari vakolatli banklarda milliy valyutada va chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlari hamda boshqa hisobvaraqlar ochish huquqiga ega.
