55-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-1137-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor boʻlgan shaxslar mazkur jamiyatga nisbatan affillangan shaxslar deb eʼtirof etiladi.
Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxslari deb eʼtirof etiladi:
1) ushbu jamiyatning yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qiluvchi yuridik shaxs;
2) ushbu jamiyatning yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qiluvchi yuridik shaxsning ishtirokchilari, agar uning ulushi yigirma foizdan ortiqni tashkil etsa;
3) ushbu jamiyatning yigirma va undan ortiq foiz ulushiga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs;
4) ushbu jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning) yoxud jamiyat kollegial ijro etuvchi organi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs;
5) ushbu jamiyat qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma va undan ortiq foiziga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
6) ushbu jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlgan yoki ushbu jamiyat qaysi jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlsa, oʻsha jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlgan yuridik shaxs;
7) ushbu jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qiluvchi ayni bir shaxs qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
8) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi ayni bir shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, oʻsha yuridik shaxs;
9) ushbu jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) yoxud jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzosi boʻlgan ayni bir shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ijro etuvchi organining rahbari vazifasini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
10) yaqin qarindoshlari bilan birgalikda ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi shaxs qaysi yuridik shaxs rahbarining yoki ijro etuvchi organi aʼzosining vazifasini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
11) ushbu jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning) yoki kollegial ijro etuvchi organi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs yaqin qarindoshlari bilan birgalikda qaysi yuridik shaxs jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, oʻsha yuridik shaxs;
