56-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-1137-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Affillangan shaxs jamiyat bilan bitim tuzishda affillangan ekanligi toʻgʻrisida tuzilishi kutilayotgan bitim haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan bitimda ishtirok etayotgan shaxslar, bitim predmeti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tegishli bitimning muhim shartlarini batafsil koʻrsatgan holda yozma bildirishni jamiyatning rasmiy veb-saytiga joylashtirish, pochta aloqasi yoki elektron pochta orqali yuborish yoʻli bilan jamiyatni xabardor etishi shart.
Affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan affillangan shaxslarning yozma bildirishlari va bitimlar boʻyicha qabul qilingan qarorlarning toʻliq taʼriflari, qaror qabul qilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar hamda affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish chogʻidagi manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamiyat yillik hisobotining ajralmas qismi hisoblanadi.
