21-modda. Huquqiy eksperiment tartibida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va qabul qilish
Huquqiy eksperiment toʻgʻrisida (O‘RQ-1127-son) · Sana: 27.03.2026 · Amalda
Huquqiy eksperiment tartibida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash jarayonida:
huquqiy eksperimentni oʻtkazish dasturi ishlab chiqiladi;
tartibga solish taʼsiri baholashdan oʻtkaziladi va baholash natijalari toʻgʻrisida hisobot tayyorlanadi;
huquqiy, korrupsiyaga qarshi va boshqa zarur ekspertiza oʻtkaziladi.
Huquqiy eksperiment tartibida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ushbu Qonunda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayyorlanadi va qabul qilinadi.
