“11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining transport sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1109-son) · Sana: 30.12.2025 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻz vakolatlari doirasida:
transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
transport sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi;
transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishda ishtirok etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari shahar yoʻlovchi transportidan foydalanish chogʻida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
3) quyidagi mazmundagi 111-modda bilan toʻldirilsin:
