“12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari — Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1109-son)
“12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1109-son) · Sana: 30.12.2025 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
tabiiy pichanzorlarda va yaylov joylarda pichan oʻrish hamda chorva mollarni oʻtlatish normalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi;
tegishli hududda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
2) 18-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 19-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 24-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 30-moddaning uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 44-moddaning birinchi qismi:
uchinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarni oʻtlatish uchun ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladigan ruxsatnoma”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-408-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 7, 447-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 9, 711-modda; 2024-yil, № 8, 831-modda, № 11, 1287-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 12-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi” degan soʻzlar “va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 22-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 919-modda; 2024-yil, № 7, 629-modda, № 8, 831-modda, № 9, 958-modda, № 10, 1072-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 643, 644-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 12-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining topshirigʻiga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
2) 13-moddaning beshinchi qismidagi “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 15-moddaning oltinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 20-moddaning ikkinchi qismidagi “shahar davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 22-moddaning beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 23-moddaning beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 32-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 33-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 36-moddaning:
sakkizinchi qismidagi “shaharlar davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismidagi “shaharlar davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 38-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11) 451-moddaning birinchi qismidagi “shaharlar davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 64-moddaning ikkinchi qismidagi “tuman davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “tuman ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 68-moddaning uchinchi qismidagi “tumanlarning davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 78-moddaning ikkinchi qismidagi “shaharlar davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi 666-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 432-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 643-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning:
birinchi qismidagi “davlat hokimiyati mahalliy organlari va maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kadastr agentligi davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi”;
2) 7-moddaning:
nomidagi “Davlat hokimiyati mahalliy organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati mahalliy organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 8-moddaning:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 10-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 23-moddaning:
birinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruv organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlariga va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi 670-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 3, 198-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 8, 787-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida”;
3) 9-moddaning:
nomidagi “Davlat boshqaruv organlarining” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Davlat boshqaruv organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi 674-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 174-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 228-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2025-yil, № 1, 7-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 11-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “ishlab chiqish va amalga oshirish” degan soʻzlar “ishlab chiqish, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga kiritish hamda tasdiqlangan dasturni amalga oshirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 15-modda uchinchi qismining birinchi jumlasidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 16-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 673, 676-moddalar; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 4, 199-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda; 2024-yil, № 8, 830, 831-moddalar; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 3, 370-modda, № 4, 515-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 2-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruv organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 5-moddaning:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 8-modda uchinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 12-moddaning matnidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 161-moddaning beshinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlaridan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 21-moddaning matnidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 24-moddaning beshinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlaridan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 35-moddaning beshinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 43-moddaning matnidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlariga” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 45-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organi” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 56-moddaning matnidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlariga” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 71-moddaning uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 82-moddaning uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 98-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarida” degan soʻzlar “davlat xizmatlari markazlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 99-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organi” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 106-moddaning uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 110-moddaning:
birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarida” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 111-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlariga” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 112-moddaning:
birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi 770-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 16-aprelda qabul qilingan OʻRQ-475-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 423-modda; 2019-yil, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 9, 539, 540-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida hududiy dasturlarni tasdiqlaydi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining taqdimnomasiga binoan pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalarini tasdiqlaydi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va amalga oshiradi;
davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat oʻrmon fondi uchastkalarini beradi, bundan oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari, yerlari, oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari, suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar, davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qoʻriqxonalarning, umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlarining, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning oʻrmonlari mustasno;
oʻrmonlarning davlat hisobi va davlat oʻrmon kadastri yuritilishini taʼminlaydi;
davlat nazoratini amalga oshiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
2) 18-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi 80-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 151-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2024-yil, № 9, 958-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning matnidagi “davlat hokimiyati va boshqaruv organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-modda:
nomidagi “davlat boshqaruv organi” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “davlat boshqaruv organi” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruv organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 10-moddaning:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
4) 22-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruv organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 23-modda:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruv organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi 171-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning matnidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-modda:
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 11-moddaning:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
4) 12-moddaning:
birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlariga” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 577-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning matnidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning oltinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 8-moddaning:
nomidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 9-moddaning:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 33-modda uchinchi qismining birinchi jumlasidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 40-modda, № 10, 671-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda, № 11, 792-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 12, 1011-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid umumdavlat dasturlarini bajarishda ishtirok etadi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlarni ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratib beradi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini hal etadi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
chiqindilarni toʻplash va utilizatsiya qilish korxonalari tashkil etilishiga koʻmaklashadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
2) 22-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chiqindilar koʻmib tashlanadigan joy (bundan xavfli chiqindilar mustasno) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi”.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustda qabul qilingan “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi 402-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 125-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 922-modda; 2024-yil, № 9, 958-modda; 2025-yil, № 2, 204-modda) 14-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismning birinchi xatboshisidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi 710-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2024-yil, № 8, 831-modda; 2025-yil, № 5, 643-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
2) 10-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 11-moddaning matnidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 12-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 13-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 14-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 16-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 17-moddaning:
beshinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 27-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 33-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 36-moddaning toʻrtinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 38-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rekreatsiya zonalari Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridagi rekreatsiya zonalari Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi”;
15) 40-moddaning beshinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” va “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar tegishincha “ekologiya va iqlim oʻzgarishi” va “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 451-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 48-moddaning toʻrtinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida boʻlsa, shu mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat organlari tasarrufida boʻlsa, shu mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 3-mayda qabul qilingan “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-97-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 219-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda; 2025-yil, № 7, 832-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 9-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
ikkinchi xatboshisidagi “ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va” degan soʻzlar “ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-moddaning matnidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-177-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda, № 11, 1064-modda) 6-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-195-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 638-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning matnidagi “davlat boshqaruv organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddaning birinchi qismidagi “Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 12-moddaning oltinchi qismidagi “davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 16-modda:
birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 17-modda:
ikkinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruv organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “davlat boshqaruv organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 18-moddaning birinchi qismidagi “Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 27-moddaning yettinchi qismidagi “Davlat boshqaruv organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-226-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-modda ikkinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 8-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari mahalliy budjetlarning yongʻin xavfsizligiga, shu jumladan yongʻindan saqlash xizmatining taʼminoti xarajatlariga doir qismini tasdiqlaydi”;
birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
toʻrtinchi xatboshisidagi “ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi” degan soʻzlar “ishlab chiqilishini, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritilishini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 14-moddaning beshinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 15-moddaning beshinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 21-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 13-oktabrda qabul qilingan “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-229-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 10, 382-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 8-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi”;
birinchi va ikkinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz hududlari doirasida”.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 7-iyunda qabul qilingan “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-251-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 232-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
ikkinchi xatboshisidagi “dasturlarning amalga oshirilishini tashkil etadi” degan soʻzlar “dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-252-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 233-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2025-yil, № 2, 1025-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 7-modda:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-modda:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
ikkinchi qismidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 273-modda; 2017-yil, № 8, 383-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 11, 1060-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning yettinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Kadastr agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Kadastr agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning toʻrtinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 41-moddaning:
ikkinchi qismidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 6-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 11-moddaning:
birinchi qismidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 12-moddaning uchinchi qismidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 14-moddaning beshinchi qismidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 17-modda:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 19-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
10) 20-moddaning toʻrtinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-353-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 9, 239-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 5, 261, 267-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
ikkinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” degan soʻz “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-363-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 12, 352-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 9, 591-modda, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 5, 465-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda, № 2, 104-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 12-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hududiy ekologik dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi va” degan soʻzlar “ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 22-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining taklifiga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589, 591-moddalar, № 10, 674-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 1, 5-modda, № 5, 466-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda) 8-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” degan soʻz “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustda qabul qilingan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-393-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 314-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, № 4, 290-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 7-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi hududiy dasturlarni hamda yashovchilarning hovli, uy atrofi hududlarini saqlash va turar joylardan foydalanish qoidalarini tasdiqlaydi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” degan soʻz “ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 23-moddaning uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 26-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 31-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-406-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 271-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 1, 5-modda; 2024-yil, № 9, 964-modda) 8-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” degan soʻz “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda, № 9, 958, 964-moddalar, № 11, 1291-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 131-moddaning:
birinchi qismidagi “holati toʻgʻrisida, ularning oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har chorakda tegishincha” degan soʻzlar “holati toʻgʻrisida har chorakda, jamoat xavfsizligi haqida har olti oyda tegishincha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “holati toʻgʻrisida har chorakda, ularning oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har oyda” degan soʻzlar “holati toʻgʻrisida, shuningdek jamoat xavfsizligi haqida har chorakda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 15-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrda qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-443-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 507-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 9, 958-modda) 8-moddasining uchinchi qismidagi “va uning hududiy organlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 8-sentabrda qabul qilingan “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-444-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 508-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 1, 5-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda) 10-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida”;
uchinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” degan soʻz “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevralda qabul qilingan “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-521-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 46-modda, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 465-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda) 14-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari urugʻchilik sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” degan soʻz “ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martda qabul qilingan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-528-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 3, 163-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisidagi “tasdiqlanishini” degan soʻz “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritilishini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-mayda qabul qilingan “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-538-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 263-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2024-yil, № 10, 1072-modda) 7-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni, yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida”;
uchinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” degan soʻz “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” degan soʻz “tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 21-mayda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-539-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 264-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2024-yil, № 2, 106-modda, № 12, 1297-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 8-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” degan soʻz “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyunda qabul qilingan OʻRQ-544-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 6, 327-modda; 2021-yil, № 2, 139-modda, 4-songa ilova, № 6, 518-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 574-modda; 2023-yil, № 5, 316-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1003-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 48-moddaning toʻrtinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 49-moddaning toʻrtinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi OʻRQ-549-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 387-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 5, 458-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 10-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari turizm sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan qisqa muddatli hamda oʻrta muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
toʻrtinchi xatboshisidagi “tasdiqlaydi” degan soʻz “ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 35-moddaning:
ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 37-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1109-son). neolex.uz/uz/laws/law-7965945/12x2 (lex.uz/docs/-7962424)