“111-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining transport sohasidagi vakolatlari — Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1109-son)
“111-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining transport sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1109-son) · Sana: 30.12.2025 · Amalda
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
transport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishda ishtirok etadi;
transport tizimini rivojlantirishga va zamonaviy transport infratuzilmasini yaratishga koʻmaklashadi;
transport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, transport majmuining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratishga, shuningdek transport tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
4) 36-moddaning toʻrtinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
63-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 13-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-713-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 9, 900-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 11-modda:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
ikkinchi qismidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 18-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
64-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-728-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1060-modda; 2022-yil, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda; 2024-yil, № 2, 107-modda; 2025-yil, № 5, 643-modda) 17-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”.
65-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-yanvarda qabul qilingan “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-745-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 1, 3-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 3-moddaning oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy gidrometeorologik axborot — jamoatchilik foydalanishi uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot”;
2) 10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari”;
3) 11-moddaning:
beshinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarini” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 13-modda ikkinchi qismining:
sakkizinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarini” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 15-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va amalga oshiradi”;
6) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
66-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-763-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 338-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 8, 823-modda, № 10, 1073-modda; 2025-yil, № 2, 188, 191, 194-moddalar, № 6, 730-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 24-modda uchinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlaridan va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 29-moddaning uchinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 140-moddaning beshinchi qismidagi “davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 146-moddaning uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlariga” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 159-moddaning:
uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarini” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 172-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organi” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 173-moddaning:
birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organi” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 174-moddaning:
birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 175-moddaning toʻqqizinchi qismidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 176-moddaning beshinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 177-moddaning ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
67-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 25-aprelda qabul qilingan “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-766-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 341-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda) 10-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
ikkinchi qismdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
68-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyulda qabul qilingan “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-784-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 7, 665-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 8-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlarni tasdiqlaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlaydi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi hamda amalga oshiradi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishiga xususiy sektorni jalb etishga koʻmaklashadi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning roʻyobga chiqarilishi monitoringini amalga oshiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
69-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil, № 2, 193-modda, № 6, 730-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 39-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarmoq va hududiy darajalardagi ijtimoiy sheriklik ikki tomonlama yoki uch tomonlama xususiyatga ega. Xodimlar va ish beruvchilarning tegishli birlashmalari tarmoq va hududiy darajadagi ikki tomonlama ijtimoiy sheriklik taraflaridir. Hududiy darajadagi uch tomonlama ijtimoiy sheriklikda xodimlar va ish beruvchilar hududiy birlashmalarining taklifiga koʻra mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor davlat organlari ishtirok etadi. Tarmoq darajasidagi uch tomonlama ijtimoiy sheriklikda xodimlarning va ish beruvchilarning tarmoq birlashmalari taklifiga koʻra tegishli tarmoqdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tegishli tarmoqdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ish beruvchilar sifatida ishtirok etadigan hollarda tarmoq darajasidagi uch tomonlama ijtimoiy sheriklikda ishtirok etadi”;
2) 51-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama tarmoq komissiyasi xodimlar va ish beruvchilarning tarmoq birlashmalari taklifi asosida tuziladi. Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama tarmoq komissiyasi tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning tarmoq birlashmalari vakillari, shuningdek tegishli tarmoqdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari kiradi. Tegishli tarmoqdagi davlat respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ish beruvchilar sifatida ish yuritgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama tarmoq komissiyasida ishtirok etadi”;
toʻrtinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 60-moddaning uchinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 83-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarmoq jamoa kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillari oʻrtasida, shuningdek taraflarning taklifiga koʻra tegishli tarmoqdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tegishli tarmoqdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ish beruvchilar sifatida ish yuritadigan hollarda tarmoq jamoa kelishuvlarining tarafi boʻlib ishtirok etadi”;
5) 98-moddaning uchinchi qismidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 218-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 540-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 576-modda oltinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
70-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-martda qabul qilingan “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-821-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 3, 183-modda; 2024-yil, № 2, 107-modda, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 643-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 22-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari:
davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiq boʻlmagan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish, qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi;
munitsipal mulkni belgilangan tartibda ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga beradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan hollarda xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlariga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifalarini amalga oshiradi;
mahalliy budjet mablagʻlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa mablagʻlari hisobidan tashkil etilgan davlat muassasalarida muassis vazifalarini amalga oshiradi;
davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiq boʻlmagan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish, qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi;
munitsipal mulkni belgilangan tartibda ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga beradi;
munitsipal mulkni davlat muassasalariga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirish toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi;
munitsipal mulk hisobidan tashkil etilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari orqali ularning kuzatuv kengashlari aʼzolarini va ijroiya organlari rahbarlarini tayinlashni (tanlov oʻtkazishni, saylashni) belgilangan tartibda, korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq tashkil etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishincha oʻz tasarrufidagi hududda turgan tegishli hududdagi quyidagi munitsipal mulkni sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi:
binolari va inshootlarining umumiy maydoni ikki ming kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini, shu jumladan moliyalashtirish manbalariga ega boʻlmagan va qurilishi tugallanmagan shu oʻlchamdagi koʻchmas mulk obyektlarini;
davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini, basharti ushbu korxonalar asosiy vositalarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan koʻp boʻlmasa va ular xodimlarining oʻrtacha yillik soni besh yuz nafardan oshmasa.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan binolar hamda inshootlarning umumiy maydoni ikki ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan, biroq besh ming kvadrat metrdan koʻp boʻlmagan munitsipal mulkni (bundan xususiylashtirilmaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan xususiylashtiriladigan davlat mulki mustasno) sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
3) 33-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 39-moddaning birinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
71-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 24-mayda qabul qilingan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-844-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 5, 322-modda; 2025-yil, № 2, 197-modda) 18-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritilishini va bajarilishini taʼminlaydi”.
72-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-avgustda qabul qilingan “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-865-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 8, 634-modda) 14-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari:
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish haqida, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan hollarda ulardan foydalanishni cheklash haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi hamda amalga oshiradi;
suv resurslaridan foydalanishda va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlaydi;
gidrotexnika inshootlarining avariyalari oqibatlarini tugatishda ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlarining favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan avariyalari xavfi toʻgʻrisida aholini xabardor qiladi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlarini saqlab turish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksida belgilangan tartibda mablagʻlar ajratadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
73-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 13-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-868-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 9, 712-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya, redemarkatsiya qilish va uning oʻtish chizigʻini aniqlashtirish natijalariga koʻra egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkalarining, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklarining chegaralari oʻzgarishi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni taʼminlash uchun yer uchastkalarini beradi;
Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni taʼminlashda ishtirok etadi, shuningdek Davlat chegarasini jihozlashga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda ixtiyoriy asosda ishtirok etish uchun jalb qilishga koʻmaklashadi;
oʻtkazish punktlariga tutash boʻlgan hududlardagi yoʻlboʻyi infratuzilmasining yaratilishini va tegishli tartibini taʼminlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
2) 25-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlariga” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
74-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrda qabul qilingan “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-877-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 11, 920-modda) 10-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va amalga oshiradi”.
75-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvarda qabul qilingan “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-900-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 1, 9-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari yoʻl harakati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yoʻl harakati sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi”;
3) 11-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 13-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan yoʻl harakati sohasidagi qarorlarni ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etadi”;
5) 14-moddaning birinchi qismidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 15-modda uchinchi qismining oʻninchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlariga” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 17-moddaning toʻrtinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 18-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 23-moddaning uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarini” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 24-moddaning:
birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 26-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 28-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlarning (shaharlarning), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalarida, shuningdek xoʻjalik yoʻllarida yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi”;
yettinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
76-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustda qabul qilingan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-940-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 8, 820-modda) 10-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi hamda amalga oshiradi”.
77-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 3-oktabrda qabul qilingan “Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi OʻRQ-970-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 10, 1069-modda) 16-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari kreativ iqtisodiyot sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
birinchi va ikkinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismning:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida”;
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kreativ iqtisodiyot sohasidagi hududiy dasturlarning tasdiqlanishi uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritilishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi”.
78-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1015-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2025-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 8-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 21-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaharlarni, shaharchalarni va boshqa aholi punktlarini, turar-joy dahalari va majmualarini, alohida binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda rivojlantirish chogʻida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari belgilangan normativlarga muvofiq telekommunikatsiyalar vositalarini joylashtirish uchun binolar yoki alohida xonalar qurilishini, yer osti aloqa liniyalarini qurish uchun joylar ajratilishini nazarda tutishi kerak. Ushbu maqsadlar uchun yer (joy) ajratilishini asossiz ravishda rad etgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va mansabdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi”.
79-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
80-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
81-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-dekabr,
OʻRQ-1109-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “111-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining transport sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1109-son). neolex.uz/uz/laws/law-7965945/111 (lex.uz/docs/-7962424)