“465-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari — Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1108-son)
“465-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1108-son) · Sana: 25.12.2025 · Amalda
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq bazasi boʻlib, ularning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan jami daromadi hisoblanadi”;
ikkinchi qismidagi “yakka tartibdagi tadbirkor” degan soʻzlar “yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “yakka tartibdagi tadbirkorning” degan soʻzlar “yakka tartibdagi tadbirkorning yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalari orqali tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan bir milliard soʻmgacha boʻlgan daromadlari boʻyicha toʻlov tashkilotlari soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha yuridik shaxslardan olgan bir milliard soʻmgacha boʻlgan daromadlari boʻyicha ushbu yuridik shaxslar soliq agenti deb eʼtirof etiladi. Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻlashi lozim boʻlgan soliq yuridik shaxslar tomonidan soliq organlarining xabarnomasi asosida toʻlov manbaida ushlab qolinadi.
Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilganidan boshqa hollarda, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar boʻyicha soliqlarni toʻlash va hisobotlarni taqdim etish ishlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga nisbatan ushbu Kodeks 381-moddasining birinchi qismida belgilangan stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi”;
60) 467-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
61) 468-moddaning toʻrtinchi qismidagi “14” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
62) 470-modda:
uchinchi qismining birinchi xatboshisi “soliq toʻlovchi” degan soʻzlardan keyin “(soliq agenti)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeks 465-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari boʻyicha soliq hisobotlari soliq agentlari tomonidan har bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs kesimida taqdim etiladi. Bunda hisoblangan va toʻlangan soliq hisobi yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs soliq toʻlovchi sifatida hisobda turgan joydagi soliq organidagi soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻida yuritiladi”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
beshinchi qismi “davri uchun” degan soʻzlardan keyin “soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
63) 471-moddaning uchinchi qismidagi “yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni” degan soʻzlar “yer soligʻini va mol-mulk soligʻini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
64) 473-modda:
birinchi qismidagi “mol-mulk soligʻidan, yer soligʻidan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan” degan soʻzlar “mol-mulk soligʻidan va yer soligʻidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“2026-yil 1-apreldan eʼtiboran maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan soliq toʻlovchilarga nisbatan foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan, kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab belgilanadigan muddatga amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi tarzida qoʻllaniladi”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismidagi “Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar “Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
65) 474-moddaning ikkinchi qismidagi “473-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “473-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
66) 483-modda:
ikkinchi qismi:
4-bandining birinchi xatboshisidagi “392 va 408-moddalarida” degan soʻzlar “408-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-bandidagi “429-moddasining toʻqqizinchi qismida va 437-moddasining toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar “429-moddasining oʻn ikkinchi qismida va 437-moddasining oltinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakson oltinchi — bir yuz ikkinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiya qiluvchi quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari 2025-yil 1-maydan 2028-yil 1-yanvarga qadar foyda soligʻini va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi:
har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining umumiy hajmida zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan daromad ulushi 50 foizdan kam boʻlmagan soliq toʻlovchilarga. Bunda mazkur daromadlar ulushi tegishli vakolatli davlat organining fitosanitariya sertifikati va bojxona yuk deklaratsiyasi asosida aniqlanadi.
2025-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda:
bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar, shuningdek Bolalar kontentini rivojlantirish markazi shunday kontentlarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari boʻyicha foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi;
yuridik shaxslarga bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarini foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-sentabrga qadar boʻlgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Ushbu Kodeks 2893-modda birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan polietilen granulalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda aniq texnik parametrlar asosida shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kirilganda, 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar aksiz soligʻidan ozod qilinadi.
Ilk marta aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi yoki mol-mulk soligʻi summasini 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar olti oy davomida buxgalteriya hisobini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar summasiga, biroq har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan miqdorda kamaytirish huquqi beriladi.
Ushbu moddaning toʻqsoninchi qismida belgilangan tartib tadbirkorlik subyekti buxgalteriyani tashkil etish uchun buxgalter bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki buxgalteriya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha autsorsing shartnomasi asosida qoʻllaniladi, bundan tadbirkorlik subyektining rahbari buxgalteriya hisobini yuritish vazifasini oʻz zimmasiga olgan hollar mustasno.
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar 2028-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasini zargarlik buyumlarini va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxi hamda ularning tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Ushbu Kodeks 246-moddasining 6-bandiga muvofiq olib kirilgan, mebel sanoatida foydalaniladigan texnologik asbob-uskunalar distribyutorlar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilingan taqdirda, 2030-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasi mazkur asbob-uskunalarni sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
2028-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda:
avtotransport vositalarini elektr energiyasi bilan quvvatlantirish stansiyalari, shuningdek bunday obyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi ushbu soliqlardan hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida toʻlanadi;
soliq toʻlovchilar avtotransport vositalarini elektr energiyasi bilan quvvatlantirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olgan daromadlar hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, ular shunday xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromad boʻyicha foyda soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;
avtotransport vositalarini elektr energiyasi bilan quvvatlantirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromad aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasidan chegirib tashlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasining dividendlar tarzidagi daromadlari 2030-yil 1-yanvarga qadar foyda soligʻidan ozod qilinadi.
Milliy film va seriallar ishlab chiqarib, ularni realizatsiya qilishdan olingan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar shunday milliy film va seriallarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari boʻyicha 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Oʻz ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan gips xomashyosini qazib olganlik uchun belgilangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar 50 foiz miqdorda qoʻllaniladi.
Issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan issiqxona xoʻjaliklari ijtimoiy soliqni 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Ishchilarining oʻrtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan mahalliy sanoat korxonalarining ishchilarni tashish va ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlaridan har bir xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha boʻlgan qismi 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliq bazasidan kamaytiriladi.
Ushbu moddaning toʻqson toʻqqizinchi qismida belgilangan soliq imtiyozi quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
oʻzi ishlab chiqargan mahsulotini realizatsiya qilishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha olgan jami daromadining 60 foizidan koʻp boʻlgan soliq toʻlovchilarga.
2028-yil 1-yanvarga qadar:
issiqxona xoʻjaliklari tomonidan kredit majburiyatlari bajarilmaganligi sababli tijorat banklari balansiga oʻtgan issiqxonalar va ular bilan bogʻliq garov taʼminotida boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini tijorat banklari tomonidan realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan;
tijorat banklari issiqxona xoʻjaliklarining kredit majburiyatlari bajarilmaganligi sababli oʻz balansiga qabul qilgan issiqxonalar va ular bilan bogʻliq boʻlgan garov taʼminotidagi koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.
2026-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda oʻrta va past orbitali yoʻldosh aloqa tarmoqlarini Oʻzbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan loyihalar doirasida:
qurilmalarni, dasturiy mahsulotlarni, ehtiyot qismlarini va butlovchi qismlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
yoʻldosh aloqa tizimi orqali koʻrsatilgan yoʻldosh aloqa tarmoqlari operatorlarining xizmatlar koʻrsatish boʻyicha aylanmasi qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
markaziy yer stansiyalari, terminallar va yoʻldosh aloqa infratuzilmasining boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer maydonlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻidan;
yoʻldosh aloqa tarmoqlari operatorlarining yaratilgan yoʻldosh aloqa tizimi orqali xizmatlar koʻrsatishdan olingan foydasi foyda soligʻidan ozod etiladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1279, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar, № 2, 188, 189, 195, 197-moddalar, № 4, 519-modda, № 5, 648-modda, № 7, 828-modda, № 8, 968, 971-moddalar, № 10, 1153-modda, № 11, 1237-modda) 15-moddasining toʻrtinchi qismidagi “shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini” degan soʻzlar “xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini, shuningdek kamida olti oy davomida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda, 10-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 818-modda, № 9, 958, 968-moddalar, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 648-modda, № 11, 1233-modda) 36-moddasining birinchi qismi chiqarib tashlansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-677-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 146-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar, № 4, 340-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 6, 730-modda, № 8, 971-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 11-modda quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tadbirkorlik subyekti ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarining roʻyxatini yuritish va ushbu subyekt ixtiyoriy ravishda tugatilganda soliqlarga doir xulosalar berish tartibini belgilaydi”;
2) 33-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud boʻlganda yoxud shartnoma shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qoʻllash, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish, shuningdek yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida oʻn milliard soʻmdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchining uni ixtiyoriy ravishda tugatish chogʻida soliqqa oid qonunchilikka koʻra daʼvo qilish muddati oʻtmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrda soliq majburiyatlari bajarilishi boʻyicha xulosa berish”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 4-avgustda qabul qilingan “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-787-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 8, 788-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 19-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mijozning (ishonch bildiruvchining) soliq davri uchun soliq majburiyatlarining bajarilishi, shu jumladan ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida oʻn milliard soʻmdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchining uni ixtiyoriy ravishda tugatish chogʻida soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka koʻra daʼvo qilish muddati oʻtmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrda soliq majburiyatlari bajarilishi boʻyicha xulosa berish”;
2) 23-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida oʻn milliard soʻmdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchi ixtiyoriy ravishda tugatilganda, mazkur xulosani berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkiloti bergan soliq maslahatiga oid xulosa soliq organlari tomonidan tan olinadi”.
9-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq imtiyozlarini berishga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-yanvarga qadar qabul qilingan qarorlarida nazarda tutilgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlar muddati ularning amal qilish muddatiga qadar amal qiladi va uni uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Soliq toʻlovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini pasaytirish tarzida taqdim etilgan imtiyozlar aylanmadan olinadigan soliqni 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran 1 foiz miqdorda toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 4-bandining sakkizinchi — yigirmanchi xatboshilari qoidalari 2026-yil yakunlariga koʻra, 2027-yildan eʼtiboran qoʻllaniladi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 37-bandining qoidalari kuchga kirguniga qadar boʻlgan davrda pasaytirilgan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash boʻyicha imtiyozdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar 2026-yil davomida mazkur imtiyozdan foydalanishga haqli.
2026-yil 1-yanvargacha qabul qilingan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amaldagi tartib asosida qoʻllaniladi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 63-bandining va 64-bandining ikkinchi xatboshisi qoidalari kuchga kirguniga qadar boʻlgan davrda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq imtiyozlaridan foydalanishni boshlagan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar hamda maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari mazkur imtiyozlarning amal qilishi muddati tugaguniga qadar ulardan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
12-modda. Ushbu Qonun 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 52-bandining oltinchi xatboshisi va 54-bandining oltinchi xatboshisi 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 55-bandining yettinchi xatboshisi 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 66-bandining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari qoidalari 2025-yil 1-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 66-bandining toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari qoidalari 2025-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 66-bandining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilari qoidalari 2025-yil 1-sentabrdan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-dekabr,
OʻRQ-1108-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “465-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1108-son). neolex.uz/uz/laws/law-7951016/465 (lex.uz/docs/-7944527)