“221-modda. Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron toʻlov tizimlarining va toʻlov tashkilotlarining raqamli pla — Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1108-son)
“221-modda. Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron toʻlov tizimlarining va toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlarning qoʻllanilish tartibini buzish
Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1108-son) · Sana: 25.12.2025 · Amalda
Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron toʻlov tizimlarining va (yoki) toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlarning qoʻllanilishi majburiy boʻlgani holda, ularni qoʻllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy boʻlgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari, elektron toʻlov tizimlari va (yoki) toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlar orqali toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik, —
besh million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan yoki toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalaridan roʻyxatdan oʻtgan boshqa soliq toʻlovchilarga tegishli boʻlgan maxsus QR-koddan soliq toʻlovchi tomonidan foydalanilishi, —
yigirma million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
21) 243-modda birinchi qismining 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18) qimmatbaho metallardan ishlangan bank va oʻlchovli quymalarini, qimmatbaho metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan tashqari), qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning oʻlchov plastinalari va granulalarini, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni”;
22) 248-modda:
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeks 46-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda soliq bazasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan, undirilgan jarimalar taqsimoti tarzida olingan, soliqni oʻz ichiga olgan holda haq summasidan aniqlanadi”;
oʻn beshinchi qismi oʻn oltinchi qism deb hisoblansin;
23) 261-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish uchun asos boʻlgan bojxona yuk deklaratsiyasi, milliy va xorijiy elektron savdo maydonchalarida (elektron savdo platformalarida) xorijiy davlatlarga realizatsiya qilingan tovarlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos boʻlgan hujjatlar”;
24) 263-modda birinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) xalqaro tashishda havo kemalariga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida va Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida koʻrsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan aeronavigatsiya xizmatlarini”;
25) 264-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) roʻyxatiga kiritilgan tovarlarni realizatsiya qilish aylanmasiga nisbatan nol darajali stavkada soliq solinadi”;
26) 266-modda birinchi qismining 4-bandidagi “255 va 256-moddalarida” degan soʻzlar “255, 256 va 2661-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 2661-modda quyidagi mazmundagi uchinchi — toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Hisobvaraq-fakturalar soliq xavfining yuqori darajasiga kiritilgan taqdirda, mazkur hisobvaraq-fakturalar asosida tovarlarni yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha soliq summasini hisobga olish maqsadida soliq soliq agenti tomonidan toʻlanishi mumkin. Bunda soliq toʻlovchi boʻlgan va soliq toʻlovchidan tovarlarni (xizmatlarni) oluvchi yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchida soliq boʻyicha salbiy farq yoki ortiqcha toʻlov summasi hosil boʻlgan taqdirda, bunday summa soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobidan hisobga olinishi yoxud ushbu Kodeksda belgilangan tartibda qoplanishi (qaytarilishi) mumkin.
Tovarlarni yetkazib beruvchilar (xizmatlar koʻrsatuvchilar) tomonidan rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarning yuqori xavf darajasiga kirishi ular tomonidan olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ushbu boʻlimda belgilangan tartibda hisobga olish huquqidan mahrum etmaydi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda soliq summalari soliq agentida tegishli soliq summasi budjetga toʻlangan soliq davrida hisobga olinadi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hisobot taqdim etishning oxirgi muddati yetib kelmagan soliq davriga taalluqli hisobvaraq-fakturalar boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan taqdirda, soliq agentida mazkur hisobvaraq-fakturalar sanasi boʻyicha tegishli soliq davrida hisobga olinadi.
Hisobvaraq-fakturalarning xavf darajasini aniqlash, reyestrini yuritish, bunday hisobvaraq-fakturalar asosida soliq toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar xaridor tomonidan past xavf darajasiga kiritilgan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha hisobga olingan soliq summalari qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim natijasida yuzaga kelganligiga oid dalillar mavjud boʻlsa, soliq organlari ushbu hisobvaraq-fakturalar boʻyicha hisobga olishni bekor qilishga yoki unga tuzatish kiritishga haqli, bundan xaridor tomonidan dastlab yuqori xavf darajasiga kiritilgan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha ushbu moddada belgilangan tartibda soliq toʻlanganligi sababli hisobga olingan soliq summalari mustasno”;
28) 267-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yuqori xavf darajasiga kiritilgan hisobvaraq-fakturalar asosida tovarlarni (xizmatlarni) xarid qilgan xaridorlar tomonidan mazkur hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisobga olinmaydi, bundan ushbu Kodeksning 2661-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq summasi toʻlangan hollar mustasno”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
29) 274-moddaning:
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 8 va 9-bandlar bilan toʻldirilsin:
“8) qishloq xoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilarga (bundan paxta va gʻalla mustasno);
9) oʻz faoliyatini kichik tadbirkorlik subyektidan oʻrta yoki yirik toifaga, oʻrta tadbirkorlik subyektidan yirik toifaga yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga — tegishli toifaga oʻtgan sanadan eʼtiboran bir yil davomida. Bunda mazkur tartib tadbirkorlik subyektlarining faoliyati davomida bir marotaba qoʻllaniladi. Ushbu band qoidalari tegishli toifaga oʻtganidan keyin qayta tashkil etilgan subyektning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) nisbatan tatbiq etilmaydi”;
beshinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqning oʻrnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq toʻlovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni unga yetti kun ichida, ushbu modda toʻrtinchi qismining 7-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilarga bir kun ichida toʻliq hajmda, ushbu modda toʻrtinchi qismining 8-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilarga esa avtomatik tarzda uch kun ichida qoplanadi”;
30) 2891-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
* Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham toʻlanadi.
** Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlikni (nikotinni) uni isteʼmol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda toʻlanadi”;
31) 2892-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
32) 2893-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
* Mevalar va (yoki) sabzavotlardan tayyorlangan, tabiiy shirin boʻlgan hamda tarkibida qoʻshimcha shakar va boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushboʻylashtiruvchi moddalar mavjud boʻlmagan sharbatlarga nisbatan soliq qoʻllanilmaydi.
** Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kiruvchilar tomonidan toʻlanadi”;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan tovarlar tarkibidagi shakar miqdori boʻyicha maʼlumot isteʼmol qadogʻida koʻrsatilmagan taqdirda, ularga nisbatan eng yuqori soliq stavkasi qoʻllaniladi”;
33) 298-moddaning ikkinchi qismidagi “yigirma oltinchi va yigirma yettinchi” degan soʻzlar “yigirma beshinchi va yigirma oltinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
34) 305-moddaning oʻn ikkinchi qismidagi “yettinchi” degan soʻz “oltinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
35) 306-modda:
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar ham amortizatsiya qilinadigan aktiv deb eʼtirof etiladi:
ijaraga beruvchining (qarz beruvchining) roziligi bilan ijaraga va (yoki) bepul foydalanishga berilgan amortizatsiya qilinadigan aktivga ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan ajratib boʻlmaydigan yaxshilash shaklidagi kapital qoʻyilmalar;
soliq toʻlovchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ijtimoiy infratuzilma (elektr, gaz, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, yoʻl) tarmoqlarini qurish xarajatlari. Bunda mazkur xarajatlar ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari tegishli taʼminotchi tashkilotga begʻaraz topshirilgan hamda Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining tegishli xulosasi soliq organiga taqdim etilgan taqdirda asoslantirilgan deb hisoblanadi”;
oʻninchi qismidagi “ushbu moddaning oʻninchi qismida” degan soʻzlar “ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirma sakkizinchi qismidagi “ushbu moddaning oʻn yettinchi qismida” degan soʻzlar “ushbu moddaning oʻn oltinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻttiz beshinchi qismidagi “Ushbu modda oʻttiz beshinchi qismining” degan soʻzlar “Ushbu modda oʻttiz toʻrtinchi qismining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻttiz yettinchi qismidagi “Ushbu moddaning sakkizinchi qismiga” degan soʻzlar “Ushbu moddaning yettinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi qirqinchi — qirq toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Agar soliq toʻlovchi ushbu Kodeks 75-moddasining oltinchi qismiga muvofiq tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqidan foydalanishga haqli boʻlsa, u holda soliq toʻlovchi soliq bazasini amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarning amortizatsiya qilinmagan (qoldiq) qiymatini tezlashtirilgan amortizatsiya qilish orqali soliq bazasiga teng miqdorgacha kamaytirish huquqiga ega.
Tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi soliq solinadigan daromadlar olish bilan bogʻliq boʻlmagan, soliq toʻlovchining taʼsischilari tomonidan uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan yoxud operativ ijaraga berilgan asosiy vositalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Soliq bazasi har bir soliq davrida soliq boʻyicha shakllangan soliq bazasi miqdori doirasida, lekin koʻpi bilan uch yil muddatga kamaytirilishi mumkin. Tezlashtirilgan amortizatsiya qilish muddati yakunlanganidan keyin amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar ushbu moddaga muvofiq amortizatsiya normalari doirasida amortizatsiya qilinadi.
Tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi berilgan davrda ushbu huquq qoʻllanilgan amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar realizatsiya qilingan, bepul berilgan va boshqacha tarzda (bundan tabiiy ofat, yongʻin, avariya va shunga oʻxshash boshqa hollar mustasno) chiqib ketgan taqdirda, tezlashtirilgan amortizatsiya summasi bunday aktivning chiqib ketishi yuz bergan hisobot (soliq) davrida soliq bazasiga tiklash orqali bekor qilinadi.
Ushbu moddaga muvofiq norma doirasida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari va tezlashtirilgan amortizatsiya summasi hamda ushbu Kodeksning 308-moddasiga asosan hisoblangan investitsiya chegirmalarining jami qiymati amortizatsiyalanadigan qiymatdan oshmasligi lozim”;
36) 311-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi har oyda teng ulushlarda, soliq toʻlovchining xohishiga koʻra belgilanadigan amortizatsiya normasini qoʻllash yoʻli bilan”;
37) 337-modda:
birinchi qismining 8-bandi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻn uchinchi qismlari tegishincha beshinchi — oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta oʻn milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar (bundan ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida nazarda tutilgan soliq toʻlovchilar mustasno) ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini 50 foizga pasaytirishga — joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard soʻmdan oshmasa, haqli”;
sakkizinchi qismidagi “sakkizinchi qismining ikkinchi xatboshisida” degan soʻzlar “oʻn uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning yettinchi va oʻn uchinchi qismlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz soligʻini toʻlovchilarga nisbatan, shuningdek soliq toʻlovchi tugatilgan hollarda va (yoki) berilgan soliq imtiyozini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlangan taqdirda, tatbiq etilmaydi”;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“2026-yil 1-yanvardan boshlab ilk marotaba soliq toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar — soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida soliq toʻlashdan (bundan dividend va foizli daromadlar mustasno) ozod qilinadi. Mazkur tartib qayta tashkil etilgan soliq toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
38) 340-moddaning:
ikkinchi qismidagi “oʻn” degan soʻz “yigirma” degan soʻz bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “oʻn” degan soʻz “yigirma” degan soʻz bilan almashtirilsin;
39) 354-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi tomonidan norezidentga dividendlar toʻlash paytida ushlab qolinadigan norezident daromadidan olinadigan soliq summasi ushbu yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik shaxslaridan olingan dividendlaridan ilgari toʻlangan soliq summasiga quyidagi shartlar bajarilganda kamaytiriladi:
norezident dividendlar toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining ustav fondida (ustav kapitalida) kamida yigirma besh foizlik ishtirok ulushiga ega boʻlsa;
mazkur ulushga egalik qilish dividendlarning toʻlanish sanasidan oldingi kamida 365 kalendar kun davomida uzluksiz amalga oshirilgan boʻlsa;
olingan dividendlardan toʻlangan soliq summasi ilgari norezidentning dividendlar tarzidagi daromadidan olinadigan soliqni aniqlashda hisobga olinmagan boʻlsa;
soliq agenti Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik shaxslaridan olingan dividendlardan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olgan boʻlsa”;
uchinchi — oʻn ikkinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin;
sakkizinchi qismidagi “ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida” degan soʻzlar “ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
40) 365-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olingan hamda ushbu Kodeksning XX boʻlimiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliq solinadigan daromadlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi”;
41) 369-modda:
birinchi qismining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9) oʻquvchilar va talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi professional va oliy taʼlim tashkilotlari hududida pulli oʻquv kurslarini, sport toʻgaraklarini tashkil etishdan va boshqa taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlari”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
42) 373-moddaning 12-bandidagi “369-moddasi uchinchi qismining” degan soʻzlar “369-moddasi ikkinchi qismining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
43) 376-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “369-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar “369-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
44) 383-modda chiqarib tashlansin;
45) 385-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq toʻlovchilarning alohida toifalari soliqni ushbu Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida toʻlashni tanlashga haqli”;
uchinchi qismining 1-bandi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismidagi “soliqni qatʼiy belgilangan miqdorda” degan soʻzlar “aylanmadan olinadigan soliqni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va toʻlov manbaida ushlab qolinadi”;
46) 392-modda chiqarib tashlasin;
47) 403-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “369-moddasi uchinchi qismining” degan soʻzlar “369-moddasi ikkinchi qismining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
48) 412-modda birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahrida — uch million besh yuz oʻttiz ming soʻm;
Nukus shahrida va viloyat markazlarida — ikki million uch yuz ellik ming soʻm;
boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — bir million uch yuz toʻqson ming soʻm”;
49) 415-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “0,65” raqami “0,7” raqami bilan almashtirilsin;
50) 422-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
51) 424-moddaning ikkinchi qismidagi “Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan” degan soʻzlar “Tuman (shahar) hokimi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan organlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
52) 429-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga nisbatan 0,5 dan 1,2 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashga haqli.
Issiqxona xoʻjaliklari egallagan yerlar uchun soliq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga nisbatan belgilangan stavkalarda toʻlanadi. Bunda mazkur yer uchastkalarining normativ qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi”;
beshinchi — oʻn oltinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻn sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi qismining birinchi xatboshisidagi “0,45” raqami “0,48” raqami bilan almashtirilsin;
oʻninchi qismidagi “Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlari” degan soʻzlar “Ushbu moddaning sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda ushbu modda toʻqqizinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan respublikaning har bir tumani va shahari boʻyicha oʻrtacha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 0,48 koeffitsiyent qoʻllaniladi”;
oʻn sakkizinchi qismidagi “ushbu moddaning oʻn beshinchi qismida” degan soʻzlar “ushbu moddaning oʻn yettinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
53) 433-moddaning ikkinchi qismidagi “Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan” degan soʻzlar “Tuman (shahar) hokimi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan organlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
54) 437-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun, shuningdek jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mustasno):
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga nisbatan 0,5 dan 1,2 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllashga haqli.
Issiqxona xoʻjaliklari egallagan yerlar uchun soliq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga nisbatan belgilangan stavkalarda toʻlanadi. Bunda mazkur yer uchastkalarining normativ qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi”;
toʻrtinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha oltinchi — oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismidagi “429-moddasining toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida” degan soʻzlar “429-moddasining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
55) 445-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq oʻlchamda, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari:
soliq stavkasiga nisbatan 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga (bundan ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlari, shuningdek roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq toʻlovchilar mustasno);
yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, lazerli tekislash lozim boʻlgan sugʻoriladigan yerlari lazerli tekislanmagan taqdirda, ushbu yerlar uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha soliq stavkalariga nisbatan 1,2 gacha oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllashga haqli”;
56) 452-modda:
birinchi qismining:
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
57) 461-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
1) soliq davrida jami daromadi bir milliard soʻmdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu boʻlimda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi bir milliard soʻmdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar”;
ikkinchi qismi:
1-bandidagi “yakka tartibdagi tadbirkorlarga” degan soʻzlar “yakka tartibdagi tadbirkorlarga va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-band bilan toʻldirilsin:
“15) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga”;
58) 462-modda:
ikkinchi qismidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan almashtirilsin:
“Ushbu Kodeks 461-moddasi birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash oʻrniga qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishga haqli”;
oltinchi — yigirma birinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oʻn toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
yettinchi qismidagi “yakka tartibdagi tadbirkorlar” degan soʻzlar “yakka tartibdagi tadbirkorlar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsning jami daromad summasi, yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorda yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi bir milliard soʻm uch yuz oltmish beshga boʻlingan va soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar boʻlgan kunlar soniga koʻpaytirilgandagi summadan oshsa, u holda bunday shaxslar roʻyxatdan oʻtilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi”;
oʻn uchinchi qismidagi “yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar” degan soʻzlar “yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yigirmanchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard soʻmdan oshgan yoki qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga ixtiyoriy tartibda oʻtganidan eʼtiboran soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) ushbu Kodeksga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda toʻlaydi”;
59) 465-modda:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “221-modda. Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron toʻlov tizimlarining va toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlarning qoʻllanilish tartibini buzish Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1108-son). neolex.uz/uz/laws/law-7951016/221 (lex.uz/docs/-7944527)