6-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha munosabatlar
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1101-son) · Sana: 09.12.2025 · Amalda
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha munosabatlar quyidagi hollarda yuzaga keladi:
a) sugʻurta qildiruvchilarda:
ijtimoiy soliqni toʻlovchilar uchun — ijtimoiy soliqni toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran;
davlat ijtimoiy sugʻurtasi majburiy qilinishi lozim boʻlgan shaxslar uchun — daromad hisoblangan paytdan eʼtiboran;
davlat ijtimoiy sugʻurtasi ixtiyoriy qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar uchun — sugʻurta badallari toʻlangan paytdan eʼtiboran.
Bunda, agar sugʻurta qildiruvchi oʻzi uchun sugʻurta badalini toʻlasa, u davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurtalangan shaxs sifatida munosabatlarga kirishadi.
b) sugʻurtalovchida — sugʻurta qildiruvchi roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran;
v) sugʻurtalangan shaxslarda:
majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxslar uchun — daromad hisoblangan paytdan eʼtiboran;
ixtiyoriy davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxslar uchun — sugʻurta badallari toʻlangan paytdan eʼtiboran.
