7-modda. Sugʻurta hodisalari
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1101-son) · Sana: 09.12.2025 · Amalda
Sugʻurtalovchining sugʻurtalangan shaxsga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatining yuzaga kelishi sugʻurta hodisasi deb hisoblanadi.
Sugʻurta hodisalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
kasallik munosabati bilan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik;
homiladorlik va tugʻish;
ishni yoki daromadni yoʻqotish.
Sugʻurta hodisalari yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxslarga va (yoki) ularning oila aʼzolariga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha quyidagi toʻlovlar amalga oshiriladi:
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
homiladorlik va tugʻish nafaqasi;
ishdan boʻshatish nafaqasi.
