5-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasining amal qilishi
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1101-son) · Sana: 09.12.2025 · Amalda
Fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy sugʻurtasining amal qilishi majburiy yoki ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi quyidagilarga nisbatan majburiy asosda amalga oshiriladi:
mehnat faoliyatini mehnat shartnomalari asosida amalga oshiradigan fuqarolarga (bundan dehqon xoʻjaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etiladigan boshqa shaxslar mustasno), yuridik shaxslarning rahbarlari sifatida faoliyatni amalga oshiradigan fuqarolarga;
yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish yoki intellektual mulk obyektlarini yaratish boʻyicha ishlarni bajaradigan fuqarolarga.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi quyidagilarga nisbatan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi:
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga;
dehqon xoʻjaligining aʼzolariga va dehqon xoʻjaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etiladigan boshqa shaxslarga;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band boʻlgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qoʻylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xoʻjaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, gʻozlar, oʻrdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bogʻdorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shugʻullanadigan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila aʼzolari boʻlgan fuqarolarga (ularga tegishli boʻlgan tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qatʼi nazar);
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
chet elda yollanib ishlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida daromad keltiradigan faoliyatni amalga oshiradigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga;
ishlamaydigan fuqarolarga, ular uchun sugʻurta badali eri (xotini) tomonidan toʻlanganda;
