18-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻxtatib turish va qayta tiklash
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1101-son) · Sana: 09.12.2025 · Amalda
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar quyidagi hollarda keyingi oyning birinchi sanasidan eʼtiboran toʻxtatib turiladi:
sugʻurtalangan shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻxtatib turish haqida murojaat qilganda;
sugʻurtalangan shaxs qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov sugʻurta hodisasi tasdiqlangan taqdirda, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovning toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi axborot tizimlaridan olingan hujjatlarga va (yoki) maʼlumotlarga asosan qayta tiklanadi.
