17-modda. Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (397-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda sanoat namunasi haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta sanoat namunasiga taalluqli boʻlishi kerak va u shu namuna variantlarini (sanoat namunasi birligi talabini) qamrab olishi mumkin.
Sanoat namunasi haqidagi talabnoma:
sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
buyumning tashqi koʻrinishi haqida toʻla-toʻkis, bor tafsiloti bilan tasavvur qilish imkonini beruvchi buyum aks ettirilgan tasvirlar turkumini, maket yoki rasmni;
agar sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun zarur boʻlsa, buyum umumiy koʻrinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasini;
sanoat namunasining undagi muhim belgilar majmuini aks ettirgan tavsifini oʻz ichiga olishi lozim.
