16-modda. Foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (397-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda foydali model haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini (foydali model birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bogʻlangan foydali modellar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.
Foydali model haqidagi talabnoma:
foydali modelning muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifini;
foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan formulasini;
agar foydali modelning mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallarni;
foydali model referatini oʻz ichiga olishi lozim.
