15-modda. Ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (397-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda ixtiro haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bogʻlangan ixtirolar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.
Ixtiro haqidagi talabnoma:
ixtironing muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifini;
ixtironing mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan formulasini;
agar ixtironing mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallarni;
ixtiro referatini oʻz ichiga olishi lozim.
