16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini b — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1083-son)
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1083-son) · Sana: 21.08.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida tuziladi.
Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Senatining aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Parlament komissiyasining tarkibiga rais, rais oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolari kiradi. Parlament komissiyasiga uning tarkibiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati va Senatining aʼzosi har yili navbatma-navbat raislik qiladi.
Parlament komissiyasi oʻz faoliyatiga vazirliklar va idoralar mutaxassislarini hamda jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.
Parlament komissiyasi:
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarining fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining takliflarini oʻrganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlaydi, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;
joylardagi fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlarning hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) takliflari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, moliyalashtirilgan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, oʻz majlislarida moliyalashtirilayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida fuqarolik jamiyati institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi;
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashadi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam koʻrsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha tizimli ishlar olib boradi;
ijtimoiy sheriklik sohasida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va Senatiga axborot taqdim etadi;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Parlament komissiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi”;
10) 17-modda chiqarib tashlansin;
11) 18-modda:
birinchi qismidagi “nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining” degan soʻzlar “fuqarolik jamiyati institutlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining” degan soʻzlar “fuqarolik jamiyati institutlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolik jamiyati institutlarining joylarda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan sotsial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga, ularni amalga oshirish uchun mablagʻlarning zarur hajmlarini aniqlashga doir takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni Parlament komissiyasiga taqdim etib boradi;
joylarda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat subsidiyasi, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligini oʻrganish, tahlil qilish va baholash borasida Parlament komissiyasiga koʻmaklashadi”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
oltinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
12) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat subsidiyasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan beriladigan hamda aniq loyihalar bilan bogʻliq boʻlmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy koʻmakdir.
Davlat subsidiyalaridan faqat fuqarolik jamiyati institutlarining ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy foydali maqsadlarga erishish uchungina foydalaniladi.
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat subsidiyasini olish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga buyurtmalar bilan murojaat etadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi fuqarolik jamiyati institutlarining buyurtmalarini umumlashtiradi, subsidiyalash hajmlariga doir takliflarni tayyorlaydi hamda ularni Parlament komissiyasiga kiritadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi va zarur hajmlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti tasdiqlanganidan keyin Parlament komissiyasiga davlat subsidiyalarini taqsimlashga doir takliflarni taqdim etadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining takliflari olinganidan keyin fuqarolik jamiyati institutlariga ajratiladigan davlat subsidiyalarining hajmlarini aniqlaydi.
Davlat subsidiyalarini ajratish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi.
Qonunchilikda ayrim fuqarolik jamiyati institutlari uchun davlat tomonidan subsidiyalashning boshqacha tartibi ham nazarda tutilishi mumkin”;
13) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat granti ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mablagʻlari hisobidan fuqarolik jamiyati institutlariga tanlov asosida beriladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslardir.
Davlat grantlarini ajratish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va uning alohida boʻlinmalari orqali amalga oshiriladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat grantini taqsimlash maqsadida grant tanlovlarini tashkil etadi.
Grant tanlovlarida ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni taqdim etgan fuqarolik jamiyati institutlari ishtirok etishga haqlidir.
Grant tanlovlariga taqdim etilgan loyihalarni tanlab olish va gʻoliblarni aniqlash Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat granti ajratilayotganda grant beruvchi va grant oluvchi oʻrtasida grant ajratilganligi toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Fuqarolik jamiyati institutlariga davlat grantlarini ajratish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi”;
14) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ijtimoiy buyurtmasi davlat organi va fuqarolik jamiyati instituti oʻrtasida shartnoma tuzish yoʻli bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ishlar bajarishga yoki tadbirlar oʻtkazishga doir davlat topshirigʻidan iborat boʻladi.
Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning alohida boʻlinmalari orqali yoki bevosita davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ijtimoiy buyurtmalari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yoki uning alohida boʻlinmalari orqali berilgan taqdirda, davlat organlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy sheriklik sohalari doirasida oʻz faoliyatining fuqarolik jamiyati institutlari qoʻllab-quvvatlashini talab etadigan ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi va kelgusi moliya yili uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish toʻgʻrisida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki uning alohida boʻlinmalariga buyurtmalar yuboradi. Buyurtmada davlat organi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, ishlar bajarishga yoki tadbirlar oʻtkazishga doir topshiriqning maqsadlari, vazifalari va shartlari, shuningdek talab etiladigan mablagʻlar miqdori, unda davlat organining ulushi koʻrsatiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning alohida boʻlinmalari davlat organlarining buyurtmalarini umumlashtiradi hamda Parlament komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi. Parlament komissiyasi buyurtmalarda nazarda tutilgan tadbirlarning dolzarbligini va ijtimoiy ahamiyatini baholaydi, shuningdek buyurtmalarni moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi, har bir buyurtma uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori va tanlovlarni tashkil etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov tashkil etadi, bunda davlat buyurtmachilari, buyurtmalarning maqsadlari, vazifalari va shartlari, ajratiladigan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni oʻzining veb-saytida, maxsus elektron platformasida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qiladi.
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga taqdim etadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etilgan davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini umumlashtiradi va koʻrib chiqish uchun Parlament komissiyasiga kiritadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan kiritilgan fuqarolik jamiyati institutlarining davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini koʻrib chiqadi, baholaydi va gʻoliblarni aniqlaydi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilayotganda davlat ijtimoiy buyurtmasini berish toʻgʻrisida buyurtma yuborgan davlat organi, fuqarolik jamiyati instituti va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Davlat organlari Parlament komissiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha moliyalashtirishni amalga oshirishi mumkin. Bunda qoʻshimcha moliyalashtirish miqdori umumiy moliyalashtirish summasining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning alohida boʻlinmalari orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi.
Davlat organlari har yili sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan fuqarolik jamiyati institutlariga bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berish boʻyicha tanlovlar tashkil etadi. Tanlovlar haqidagi axborot davlat organining veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida oldindan eʼlon qilinadi.
Davlat organlariga fuqarolik jamiyati institutlaridan kelib tushadigan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov gʻolibi loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga koʻra aniqlanadi. Davlat organi va tanlovda gʻolib deb topilgan fuqarolik jamiyati instituti oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Fuqarolik jamiyati instituti tegishli sohalar va tarmoqlardagi mavjud muammolarning yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish toʻgʻrisida tegishli davlat organiga taklif kiritishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati institutining davlat ijtimoiy buyurtmasini olish uchun kiritgan tashabbusli loyihasi tegishli davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va baholanadi.
Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan tashabbusli loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, uni kiritgan fuqarolik jamiyati institutiga mazkur davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha miqdordagi davlat ijtimoiy buyurtmasi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish yoʻli bilan berilishi mumkin.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish, shuningdek tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
15) 23-modda:
nomidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining” degan soʻzlar “Fuqarolik jamiyati institutlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari” degan soʻzlar “Fuqarolik jamiyati institutlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari” degan soʻzlar “Fuqarolik jamiyati institutlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 24-modda:
nomidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining” degan soʻzlar “Fuqarolik jamiyati institutlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolik jamiyati institutlari”;
ikkinchi qismidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari” degan soʻzlar “Fuqarolik jamiyati institutlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 25-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini” degan soʻzlar “fuqarolik jamiyati institutlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ishchi guruhlar va komissiyalar tuzishga, shu jumladan ular vakillarining oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari huzuridagi jamoatchilik-maslahat organlari ishida ishtirok etishini taʼminlashga”;
toʻrtinchi xatboshisidagi “nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari” degan soʻzlar “fuqarolik jamiyati institutlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organlari ijtimoiy sheriklik sohasida:
faoliyatning fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni talab qiladigan ustuvor yoʻnalishlarini, shu jumladan ular bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish orqali aniqlashi;
fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy sheriklikda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha tashabbuslari hamda takliflarini koʻrib chiqishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining borishi boʻyicha zarur hollarda jamoatchilik muhokamasini tashkil etishi, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining ularni amalga oshirish samaradorligini yuksaltirishga doir takliflarini koʻrib chiqishi;
fuqarolik jamiyati institutlari bilan oldindan maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazilishini taʼminlashi;
sohaviy va hududiy fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan har yili kamida bir marta ochiq muloqot oʻtkazishi;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar hamda loyihalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashi shart”;
19) 29-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 12-aprelda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-474-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 222-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 17-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yakuniy hujjat davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, bundan qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan yakuniy hujjatlar mustasno boʻlib, bu haqda yakuniy hujjatni kiritgan jamoatchilik nazorati subyektiga oʻn kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar) 22-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlarini yoki mol-mulkni quyidagi maqsadlarda olgan yuridik shaxslar tegishli soliq hisobotida, jismoniy shaxslar esa jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada olingan pul mablagʻlari yoki mol-mulki haqidagi maʼlumotni aks ettirishi shart:
jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar, soʻrovlar oʻtkazish (bundan tijorat maqsadlarida oʻtkaziladigan tadqiqot va soʻrovlar mustasno);
maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va tarqatish (bundan ushbu faoliyat tijorat maqsadlariga qaratilgan hollar mustasno).
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan majburiyat quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga;
nodavlat notijorat tashkilotlarga;
chet el diplomatik vakolatxonalariga hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar va konsullik muassasalariga;
Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlarning ixtisoslashtirilgan muassasalariga”;
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.
1) 5-moddaning 11-bandidagi “xalqaro jamoat tashkilotlarini roʻyxatga olganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan diniy tashkilotlar, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiya qilganlik” degan soʻzlar “nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini hamda diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik, shuningdek bunday tashkilotlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazganlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 14-moddaning 5-bandidagi “xorijiy” degan soʻz “chet el” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) ilova 7-bandining:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d” kichik bandi chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-677-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 146-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar, № 4, 340-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) 35-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisi “boshqa fondlar” degan soʻzlardan keyin “(bundan bir kalendar yilda bank hisobvaraqlarida pul aylanmasi mavjud boʻlmagan jamoat fondlari mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
13-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 1-moddasi 5-bandi, 6-bandi toʻrtinchi xatboshisi, 7-bandi uchinchi xatboshisi, 8-bandi va 5-moddasi mazkur Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-avgust,
OʻRQ-1083-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1083-son). neolex.uz/uz/laws/law-7700523/16x2 (lex.uz/docs/-7696348)