5-modda. Vakolatli davlat organining hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi vakolatlari
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida (O‘RQ-1079-son) · Sana: 06.08.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish boʻyicha tadbirlarni tashkil etadi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish vositalarini ishlab chiqaruvchilarga majburiy atribut raqamlarini belgilaydi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish ishlarining monitoringini amalga oshiradi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish ishlarining bajarilishini tashkil etadi;
hayvonlarning egalariga hayvonlarni identifikatsiya qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
