6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi qoshidagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazining vakolatlari
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida (O‘RQ-1079-son) · Sana: 06.08.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi qoshidagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi (bundan buyon matnda Identifikatsiya markazi deb yuritiladi):
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish boʻyicha tadbirlarni tashkil etadi;
elektron axborot tizimini muvofiqlashtiradi va real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvini taʼminlaydi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasida oʻqitish hamda malaka oshirishni tashkil etadi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish, hisobdan chiqarish va saqlash tartib-taomillarini ishlab chiqadi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini takomillashtirish boʻyicha xalqaro tajriba asosida takliflar ishlab chiqadi.
Identifikatsiya markazi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
