4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi vakolatlari
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida (O‘RQ-1079-son) · Sana: 06.08.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish tartibini hamda bosqichlarini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
