“36-modda. Binolar va inshootlarga boʻlgan operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1025-son) · Sana: 07.02.2025 · Amalda
Binolar va inshootlarga boʻlgan operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
davlat organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish hamda ularga binolar va inshootlarni operativ boshqarish huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi qarorlari”.
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-martda qabul qilingan “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-821-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 3, 183-modda; 2024-yil, № 2, 107-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “shuningdek davlat unitar korxonasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
2) 16-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat unitar korxonasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 21-modda birinchi qismining:
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“koʻchmas mulkni bir davlat muassasasidan boshqa davlat muassasasiga oʻtkazish tartibini belgilaydi”;
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalarini va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat muassasasi va davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi mulkiy munosabatlarni oʻzgartirish tartibini belgilaydi”;
4) 22-moddaning:
ikkinchi qismi:
oltinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalariga va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻn beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tegishli davlat organlari bilan kelishuvga koʻra davlat koʻchmas mulk obyektlarini (bundan xususiylashtirilmaydigan obyektlar mustasno), idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, operativ boshqaruv huquqi asosida bir davlat muassasasidan boshqa davlat muassasasiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
